10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari


Mopoliyaning iqtisodiy asoslari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix25.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#102211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari

Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 
179 
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi 
siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga 
qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan 
bo‘ladi. 
Bozorda narxlarning shakllanish holati
 
Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va 
taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida 
firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. U mahsulot (xizmat)ning 
yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi 
ustidan nazorat qiladi hamda o‘ziga foydali bozor narxini o‘rnatishga harakat 
qiladi. Buning uchun monopolistda bir qator imkoniyatlar mavjud bo‘ladi: 
1) 
Monopolist korxona o‘z tovarining sotish hajmini kamaytirib, 
mahsulotning sun’iy taqchilligini vujudga keltiradi va bu taklif narxining o‘sishiga 
olib keladi. 
2) 
Mutloq monopoliya kichik ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta 
partiyasini masalan, qishloq xo‘jalik xom ashyosini oldindan past narxlarda sotib 
olib ularning ortiqcha zaxirasini vujudga keltiradi. Monopol past xarid narxlari 
yanada kamayishi bilan monopsoniya foydasi shunga mos ravishda o‘sib boradi. 
3) 
Bir vaqtda monopolist va monopsonist hisblangan korxona “narxlar 
qaychisi” yordamida o‘z daromadini ko‘paytrib boradi. Bunda gap monopol yuqori 
va monopol past narxlar to‘g‘risida ketadi. Jumladan, qayta ishlash sanoatidagi 
ko‘plab korxonalar o‘zlarining tayyor mahsulotlariga sanoatning qayta ishlash 
tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlaridan bir necha barobar yuqori 
narxni o‘rnatadi. 
Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, agar 
mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira 
olsalar, ulardan farqli o‘laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor 
narxlarini o‘zlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning 
oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning 
pasayib borishidan o‘ziga xos tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni 
sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning 
oshishi tendensiyasidan foydalanadilar. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin