10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari


Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix25.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#102211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari

Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni 
aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi 
darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib 
boradi. 
Tik o‘qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda 
esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Taklif 
bo‘yicha narx egri chizig‘i bozor narxining tovarlar ommaviy taklifiga 
bog‘liqligini ifodalaydi. 
4 – savol


Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 
180 
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga keltirish 
maqsadida o‘z tovarlarining sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda 
tovarlarning etishmasligi monopol yuqori narxlarning o‘sishiga olib keladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab 
chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgan zararni hisobga oladi. 
Daromaddan bunday yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni 
yanada yuqori darajada belgilaydilar. SHu bilan bir vaqtda monopoliyalar 
mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo‘l qo‘yilgan 
yo‘qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o‘sishini ta’minlashini nazorat 
qilib turadilar.
Monopolist meyyoriy harakat bilan meyyoriy daromadni tengligini 
ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsagina maksimal foyda olishi 
mumkin (1-rasm). Rasmda monopolistning meyoriy daromad chizig‘i bozor talabi 
chizig‘ini beradi. Mahsulot narxi shu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq 
funksiya. Sof monopoliya sharoitida MC=MR bo‘lganda foyda maksimal bo’ladi. 
1-rasm
8
 
Sof monopoliya sharoitida foyda maksimallashtirish 
Monopsonist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo‘jaligi 
xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini 
tayyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig‘im-terimi davrida o‘zi sotib 
olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday 
past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan 
mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi 
pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga 
g‘arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, 
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab 
chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish 
mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, 
kofe, kakao va hokazo) ga ham azaldan o‘ta past narxlar o‘rnatib kelinadi. 
8
Economics Principles, Problems, and Policies. Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue, Seventeenth Edition P.430. 
Sof monopoliya 
sharoitida MC=MR 
bo‘lganda foyda 
maksimal bo’ladi. 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin