2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning
monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan
bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib
keladi;
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini
sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz
o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni
ishlab
chiqarishni
ratsionallashtirish,
uning
samaradorligini
oshirish
imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini
kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish
kabi xatti-harakatlardan qaytaradi;
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan
kuchsiz bo‘lgan korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z
ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni
ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan
xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash
kabi o‘zlarining kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin. Bundan
ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir
ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. SHunga ko‘ra, bugungi
kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat
Monopoliyaning salbiy tomoni xarajatlarning resurslarning oqilona taqsimlanmasligi, daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi, iqtisodiy turg‘unlik va fan- texnika taraqqiyotining sekinlashuvi, iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishida namoyon bo’ladi