Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 176
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar
bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda
tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga
raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya
shakllarini kiritish mumkin:
1) patent tizimi– bu ixtirochi va mualliflar
tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat
namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu
jarayon maxsus guvohnomalar –
patentlar orqali amalga oshiriladi;
2) mualliflik huquqi – ilmiy,
badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati
fonogrammalari,
ko‘rsatuvlar, efir
to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish
kabilarni
yaratish
va
ulardan
foydalanish munosabatlarini qonuniy
tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik
huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z
mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki
butunlay sotish, ulardan nusxa olish va
ko‘paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi;
3) tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari,
maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro‘yxatga olish,
huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish
bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda
tartibga solish shakli.
Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish
maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli
(tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor
muhiti tuzilishini ataylab o‘zgartiradi, ya’ni:
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli
to‘siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning
yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini
beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq
shakllarda namoyon bo‘ladi.
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.