10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari


texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix25.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#102211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari

texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun 
ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Chunki, 
uncha yirik bo‘lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning 
odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan 
bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish 
orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, 
ko‘proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar 
raqiblar tomonidan juda tez o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalarni 
amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha 
3 – savol
Monopoliyaning ijobiy 
tomoni xarajatlarning 
tejalishi va
texnika 
taraqqiyoti yutuqlarini 
joriy etishda namoyon 
bo’ladi 


Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 
178 
foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‘lib, 
innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish 
mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu 
holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, 
sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida 
narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi 
bo‘lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini, past sifati 
hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi 
orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal 
qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida 
tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy 
faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan 
mahrum bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan 
asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday 
olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda 
xonavayron bo‘ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyasiya 
o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning 
oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan 
miqdoriga qaraganda kamayib ketadi; 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin