Mopoliyaning iqtisodiy asoslari
170
-
Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo‘llab-quvvatlashi.
-
O‘zaro kelishish.
Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo‘ladi,
qachonki u
o‘zining sotadigan tovari narxiga ta’sir qila olsa, ya’ni o‘zgartira olsa. Monopol
hokimiyat darajasi ushbu tovar o‘rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning
bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo‘lish uchun
firmaning sof monopolist bo‘lishi shart emas.
Firma
mahsulotiga bo‘lgan talab chizig‘i raqobatlashgan
bozordagiday garizontal bo‘lmasdan, pastga yotiq bo‘lishi
kifoyadir. Agar talab chizig‘i pastga yotiq bo‘lsa, firma
taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib,
mahsulot narxini
o‘zgartirishi mumkin.
Umumun olganda monopolist narxni nazorat
qilishidan yutuqqa ega bo‘ladi. Monopolistning taklifi
raqobatlashgan bozor taklifiga ko‘ra kam bo‘ladi, tovar
narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo‘ladi (monopol
narx chekli
xarajatdan yuqori).
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning
to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi
ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot
ishlab
chiqarish
hajmining
yirik
korxonalarda
to‘planishini
namoyon
etadi.
Ishlab
chiqarish
to‘planishining asosiy sababi bo‘lib
olinayotgan foyda
hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam
ravishda ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan
qo‘shimcha
mahsulot
(foyda)ning
bir
qismini
kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish
vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir
korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib
keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning
ixtiyoriy yoki majburiy
birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib,
ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va
markazlashuvi hisoblanadi.
Kapitalning to‘planishi – bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi
ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni,
korxonaning
ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi
hajmi, foyda hajmi. Kapitalning to‘planishi kapitalning
markazlashuvi jarayoni
bilan yanada to‘ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan
boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning
aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining
o‘sishidir.
Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to‘planishi farqlanadi.
Monopol hokimiyat-
firma monopol
hokimiyatga ega
bo‘ladi, qachonki u
o‘zining sotadigan
tovari narxiga ta’sir
qila olsa, ya’ni
o‘zgartira olsa.
Kapitalning to‘planishi
– bu qo‘shimcha
qiymatning bir qismini
jamg‘arish
(kapitallashtirish)
natijasida kapital
hajmining oshishidir.