Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 171
Ishlab chiqarishning gorizontal to‘planishi – bu milliy iqtisodiyotning
ma’lum tarmog‘i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin
raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to‘planishining
asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.
Ishlab chiqarishning vertikal to‘planishi – bu milliy
iqtisodiyotdagi bir necha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarda
mahsulot ishlab chiqarishning to‘planishidir. U ilmiy-
texnika inqilobi sharoitlarida keng rivojlandi.
Ishlab chiqarishning to‘planishi o‘z rivojining
ma’lum darajasida monopoliyalarning paydo bo‘lishiga
olib keladi. Ishlab chiqarishning to‘planishi hamda
monopoliyalarning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi ichki
aloqalar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega
bo‘lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar
tuzishiga imkon yaratadi;
2) yirik korxonalar o‘rtasidagi raqobat juda qaltis bo‘lib, ular uchun katta
miqyosdagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. SHunga ko‘ra, raqobatni cheklash,
tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab
chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi
lozim bo‘ladi.
Monopoliyalarning
vujudga
kelishida
ishlab
chiqarishning to‘planishidan tashqari yana bir qator
omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1) davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U
chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish
imkoniyatini
yo‘qotib,
monopoliyalarning
paydo
bo‘lishiga sharoit yaratadi;
2) banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati.
Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o‘sishiga imkon
beradi.
Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta’sir qiluvchi yana bir omil bu -
tarmoqqa kirish to‘siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni sotishdan tushadigan
iqtisodiy foyda yuqori bo‘lsa, bu raqobatlashgan bozor sharoitida boshqa
firmalarni ham shu bozorga kirib kelishi uchun signal bo‘lar edi. Agar monopol
firma iqtisodiy foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni
ishlab chiqarishga undaydi. Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa
raqobatlashmoqchi bo‘lgan firmalar uchun maxsus to‘siqlar bo‘lishini taqazo
qiladi. Tarmoqga kirish to‘siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa
sotuvchilarni kirib kelishini to‘xtatuvchi cheklanishlar.
Tarmoqqa kirish to‘siqlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy
hokimiyatlarda aholiga transport xizmati ko‘rsatish, pochta xizmati ko‘rsatish,
Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishidir. Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.