10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari


Mopoliyaning iqtisodiy asoslari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix25.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#102211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari

Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 
174 
qarshi olib boriladigan faoliyatda foydalaniladi. Bozorning katta qismini bir necha 
firmalar tomonidan egallab olinish holatiga bozorning markazlashuvi deyiladi. 
Tarmoqda ishlab chiqaruvchilar sonining nisbatan ortishi va Xerfindal-
Xirshman indeksi I < 1 800 ni tashkil qilgan holatda sof monopolistik bozor 
monopolistik raqobatli bozorga aylanadi. 
Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni 
ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir 
ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus 
xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini 
belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Monopolistik 
raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda 
tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan 
qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. 
Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, 
ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, 
qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol 
ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-
kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini 
keltirish mumkin.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati 
hisoblanadi. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisi bo‘lib, qaysi tovarlar va 
xizmatlar 
bozorida 
nisbatan 
kam 
sonli 
ishlab 
chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik 
tarmoq hisoblanadi. Oligopolistik tarmoq bir xil yoki 
tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. 
Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari – po‘lat, mis, alyuminiy, 
qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar fizik ma’noda bir 
turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida 
ishlab chiqariladi
6
. Iste’mol tovarlari – avtomobillar, kir 
yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va 
shu 
kabilarni 
ishlab 
chiqaruvchi 
tarmoqlar 
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. Oligopoliya sharoitida korxonalar 
o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma 
o‘zining narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi. 
Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan 
Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren 
shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) 
tumanlarida joylashgan ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. 
6
THE LEGAL ENVIRONMENT OF BUSINESS. W.McCarty, J.Bagby. Boston IRWIN. 2006. 
Oligopoliya – 
tarmoqdagi bir necha 
yirik ishlab chiqaruvchi 
yoki sotuvchining narx 
va ishlab chiqarish 
hajmini belgilashdagi 
hukmronlik holati 
hisoblanadi. 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin