O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Moliya huquqi

moliya huquqi predmeti 
– bu davlat tomonidan o‘z 
oldida turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, markazlashgan va 
markazlashmagan pul jamg‘armalarining tashkil qilinishi, taqsimlanishi 
va undan foydalanilishi jarayonida yuzaga keluvchi ijtimoiy 
munosabatlardir. 
Moliya huquqi predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarning 
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: 
-
bu munosabatlar mulkiy xususiyatga ega; 
-
bu munosabatlar davlat va mahalliy moliyaviy mablag‘larni 
tashkil etish, taqsimlash va foydalanishga yo‘naltirilgan; 
-
bu munosabatlarning majburiy ishtirokchisi bevosita davlat va u 
vakolat bergan organlar (mansabdor shaxslar) hisoblanadilar. 


7
Moliyaviy faoliyatning funksiyasiga qarab moliya huquqining 
predmetini quyidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi: davlat va 
mahalliy pul jamg‘armalarida pul mablag‘larini to‘plash bo‘yicha 
bo‘ladigan munosabatlar; davlat va mahalliy pul mablag‘larini taqsimlash 
jarayonidagi munosabatlar; davlat va mahalliy mablag‘lardan foydalanish 
jarayonidagi munosabatlar; moliyaviy nazoratni amalga oshirish 
sohasidagi munosabatlar; pul emissiyasi sohasidagi munosabatlarga 
bo‘linadi. 
Moliyaviy institutlar quyidagicha: budjet sohasidagi munosabatlar; 
davlat va mahalliy budjetdan tashqari jamg‘armalar jarayonidagi 
munosabatlar; davlat va mahalliy daromadlarni tashkil etish bo‘yicha 
bo‘ladigan munosabatlar; davlat va mahalliy xarajatlarni amalga oshirish 
bo‘yicha bo‘ladigan munosabatlar; korxonalar, muassasalar, tashkilot-
larning moliyaviy faoliyati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar; 
soliq sohasidagi munosabatlar; kredit sohasidagi munosabatlar; sug‘urta 
sohasidagi munosabatlar; pul muomilasi va hisob-kitoblar sohasidagi 
munosabatlar; valutani tartibga solish sohasidagi munosabatlar kabilar. 
Moliyaviy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi – davlat 
organlari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etilishini, korxona, tashkilot, muassasa 
va fuqarolar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishi 
moliyaviy – huquqiy normalarning o‘zgarishiga olib keldi. Mazkur 
normalar barcha mulk shakllari subyektlarining tengligi va ularning 
davlat oldidagi moliyaviy majburiyatlari, qonuniy manfaatlarni himoya 
qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligi va boshqa 
tamoyillarga asoslanadi.
Moliya sohasida davlat organlari vakolatlarini mustahkamlovchi 
moliyaviy-huquqiy normalar hokimiyatning bo‘linish tamoyiliga asos-
lanadi. 
Moliyaviy faoliyat jarayonida turli xildagi ijtimoiy munosabatlar, 
(masalan, budjet daromadlari va xarajatlarini taqsimlashda, budjetni 
tayyorlash, tasdiqlash va ijro etishda davlat hokimiyati organlari bilan 
davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida; budjetga majburiy to‘lovlarni 
to‘lash yoki budjet mablag‘lari olishda moliya-kredit organlari bilan 
davlat korxonalari, muassasalari va boshqa jamoat tashkilotlari o‘rtasida) 
yuzaga kelishi mumkin. Bunga o‘xshash munosabatlar quyi turuvchi 
organlar bilan yuqori turuvchi organlar o‘rtasida (masalan, kredit olishda, 
mablag‘larni qayta taqsimlashda), shuningdek moliya-kredit organla-


8
rining ichki tizimida (masalan, Markaziy bank bilan banklar o‘rtasida) 
yuzaga kelishi mumkin. Bu munosabatlarning barchasi moliya huquqi 
normalari bilan tartibga solinadi. 
Moliya huquqi turli xildagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, 
davlat faoliyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlaydi, mamlakat mudo-
faasining mustahkamlanishida, xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalarning 
rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 
Demak, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin