O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Moliya huquqi

UMUMIY QISM 
1-MAVZU: MOLIYA HUQUQI PREDMETI, METODLARI,
TIZIMI VA MANBALARI 
1. «Moliya huquqi» tushunchasi v
ɚ
 predmeti.
2. Moliya huquqining uslublari va manbalari. 
3. Moliya huquqining tizimi va uning huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar xodimlari uchun ahamiyati. 
4. Davlat moliyaviy faoliyati va uning prinsiplari. 
1. «Moliya huquqi» tushunchasi va predmeti 
«Moliya huquqi» tushunchasi va predmeti. 
Moliya huquqi 
mustaqil huquq tarmog‘i va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining 
tegishli sohasi sifatida keng rivojlanib bormoqda. Buning natijasida 
moliyaviy-huquqiy tartibga solishning predmeti aniqlanmoqda, uning 
ichki tuzilishi va institutlari yangilanib bormoqda. 
Huquq tizimining tarmoqlari bir-biridan, birinchi navbatda huquqiy 
tartibga solish predmetiga qarab farqlanadi. Shuning uchun «moliya 
huquqi»ga tushuncha berishdan oldin, uning predmetini tashkil etuvchi 
ijtimoiy munosabatlarni aniqlash lozim.
Davlat tomonidan moliyaviy faoliyatning olib borilishi unda ishtirok 
etuvchi subyektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga 
solishni talab etadi. Moliya huquqining vazifasi aynan mana shundan 
iboratdir. Moliya huquqi normalari yordamida davlat tomonidan 
moliyaviy tizim harakatga keltiriladi va undan foydalaniladi.
Moliya sohasi turli huquq sohalari normalari bilan tartibga 
solinadi. Moliya sohasi moliya huquqini butunlay qamrab olsa ham, 
moliyaviy tizimning turli pog‘onalarida uning normalari turlicha 
qo‘llaniladi. Bu holat shu bilan izohlanadiki, moliya huquqi 
predmetini – davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning moliyasi 
tashkil etadi. Moliya huquqi moliyaviy tizimning boshqa bo‘g‘in lari 
bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Davlat va mahalliy hokimiyat organlari pul jamg‘armalariga 
mablag‘larni yig‘ish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
munosabatlar moliya huquqi normalari bilan tartibga solinadi. 


6
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, davlatning moliyaviy faoliyati 
davomida moliyaviy munosabatlardan tashqari boshqa ijtimoiy 
munosabatlar ham, masalan, mehnat, fuqarolik munosabatlari yuzaga 
keladi va u tegishli huquq sohalari bilan tartibga solinadi. Moliya huquqi 
faqat moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi. 
Moliyaviy tizim tuzilishini mustahkamlash, mazkur sohadagi 
vazifalarni taqsimlash, moliyaviy faoliyat davomida yuzaga keladigan 
munosabatlarni tartibga solish bevosita moliya huquqining predmetini 
tashkil etadi. 
Moliya huquqi predmetiga kiruvchi munosabatlar o‘zining 
mazmuniga ko‘ra turli tumanligi bilan ajralib turadi. U ijtimoiy ishlab 
chiqarish va taqsimlashning barcha tuzilmalarini qamrab oladi. Bundan 
tashqari, moliyaviy munosabatlar unda ishtirok etuvchi tomonlarning 
ko‘pligi bilan ham ajralib turadi. Moliyaviy munosabatlarning mazmuni 
davlat va mahalliy pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va undan 
foydalanishga qaratilgandir. Tabiiyki, bu munosabatlar davlatning 
bevosita ishtiroki va ta’siri ostida vujudga keladi. 
Moliya huquqi normalari yordamida davlat moliyaviy faoliyatining 
asosiy tamoyillari va shakllari, davlat pul jamg‘armalaridagi mablag‘larni 
to‘plash usullari, ushbu jamg‘armalarni tashkil qiluvchi mablag‘lar turlari, 
ularni undirish tartibi, davlat pul jamg‘armalaridan foydalanish hamda 
korxona, tashkilot va muassasalar pul mablag‘larining tashkil topish 
manbalari tartibga solinadi. Moliya huquqi ushbu munosabatlarni tartibga 
solib, davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquq va 
majburiyatlarini mustahkamlaydi. 
Shunday qilib, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin