246
Oldingi vaqtlarda qog‘oz pullarda ularning oltinga bo‘lgan nisbati
yozib qo‘yilar edi. Masalan, 1920-yillardagi
sobiq Ittifoqning iqtisodiy
siyosat davrida muomilada bo‘lgan rublda mana shunday yozuvlarni
uchratish mumkin edi. Hozirda ko‘pgina davlatlar bundan voz
kechmoqda. Sababi, pul birliklari (qog‘oz pullar ham, tangalar ham)
emitetning (ya’ni davlatning) barcha aktivlari bilan ta’minlangandir. Bu
holat davlatlarning pul muomilasi to‘g‘risidagi qonunchilik aktlarida
mustahkamlangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi «Markaziy banki
to‘g‘risida»gi qonunning 33-moddasiga binoan muomilada bo‘lgan
banknotlar va tangalar Markaziy bankning qat’iy majburiyatlari
hisoblanadi va uning barcha aktivlari bilan ta’minlanadi. Shu sababli, har
bir banknotda (tangada) uning oltinga nisbati, almashtirilishi yoki boshqa
usullarda ta’minlanganligini ko‘rsatishga hojat qolmadi.
Oldingi vaqtlarda
muomilada bo‘lgan rasmiy pul birligining «oltin» mazmuni bekor qilindi.
Bundan tashqari, pul vazifasini oltindan tashqari, boshqa qimmatbaxo
metallar – kumush, platina ham bajargan. Hozirgi vaqtda kumushdan
tangalar yasovchi davlatlar soni juda ozdir. O‘zbekiston Respublikasida
oltin, kumush va platinadan tangalar faqatgina maxsus tayyorlangan va
qadoqlangan sovg‘alar (suvenir) sifatida chiqarilishi mumkin.
Pullar
muomilaga davlat tomonidan, aniqrog‘i u vakolat bergan
banklar tomonidan chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasida pul birlik-
larini chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga
yuklatilgan.
Pul birliklari gerb, bayroq singari davlat ramzi bo‘lib hisoblanadi.
Rasmiy pul birliklari davlat qonunchilik aktlarida nazarda tutilgandir.
Ba’zi hollarda davlat hududida uning ruxsati bilan
yoki ruxsatisiz boshqa
pul birliklari ham muomilada bo‘lishi mumkin. Bunday pul birliklari
rasmiy pul birliklarining yetishmovchiligidan kelib chiqishi mumkin.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi
e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy jihatdan mustaqillikka
erishdi. Endigi vazifa – iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash va bozor
munosabatlariga asoslangan jamiyat kurish bilan bog‘liq qator muam-
molarni hal qilishdan iborat.
Har qanday davlatning mustaqilligini ta’minlaydigan
bir qancha
omillar mavjud, bular: chegara, chegarani qo‘riqlaydigan qo‘shin, davlat
ramzlari – bayroq, gerb hamda iqtisodiy muomila vositasi bo‘lmish –
milliy valutadir.
247
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil noyabr oyidan boshlab avval so‘m
kuponlarni, so‘ng milliy valutani muomilaga kiritdi. Buning sababi
shundaki:
birinchidan
: bozor tarmoqlari, ayniqsa pul-kredit muomilasi sohasi-
dagi munosabatlar hali mukammal emas edi. Milliy pulning birdaniga
joriy etilishi – iqtisodiyotning umumiy holatiga, muomila tizimiga hamda
bank sohasidagi sof texnik sabablariga ko‘ra, uning qiymatiga ta’sir
ko‘rsatmasligi lozim.
Pul qiymatining tushib ketishi iqtisodiyot sohasida ko‘ngilsiz oqibat-
larni
keltirib chiqarishi mumkin edi;
ikkinchidan
: MDH doirasida har xil valutalar muomilada bo‘lgan bir
paytda, pulning bu sharoitga moslashishi va uning qiymatini aniqlaydigan
vaziyat vujudga kelishi zarur edi. Milliy pulni birdaniga muomilaga
kiritish korxonalarning rubllik hisoblarini SO‘Mlik hisoblarga aylantirish
zaruratini tug‘dirar, bu esa MDH mamlakatlari korxonalari o‘rtasidagi
xo‘jalik aloqalariga rahna solar edi. Rublda davlatlararo hisob-kitob qilish
imkoniyati mavjud bo‘lgan davrda so‘m-kuponnning joriy etilishi o‘zaro
xo‘jalik aloqalari uzilib qolishining oldini oldi.
Qirg‘iziston o‘z milliy valutasini joriy etganda mana shu holni
hisobga olmagan edi;
uchinchidan
: milliy pulga bosqichma-bosqich o‘tish ijtimoiy talofat-
larni kamaytiradi. Har qanday pul islohoti,
xususan narxlar erkin yoki
erkinlikka yaqin bo‘lgan sharoitda yoki musodara tariqasida ham bo‘ladi.
Masalan, pul 1:10 yoki 1:100 nisbati bilan almashtirilgan taqdirda ham,
narx-navo aynan shu nisbat darajasidan pastga tushmaydi. Har qanday pul
islohotida ham narx-navoning o‘sishi ro‘y beradi. Pul almashish nisbati
qancha baland bo‘lsa, aholi jamg‘armasining pasayishi shuncha yuqori
bo‘ladi. Birga bir nisbatida almashtirilgandagina, aholi kam jabr ko‘rishi
mumkin.
O‘zbekiston Hukumati xalq uchun kulay bo‘lgan
ana shu yagona
yo‘ldan bordi. Bizdan avval milliy valutasini joriy qilgan respublikalardan
har xil yo‘llar bilan oqib kelayotgan, mol bilan ta’minlanmagan qog‘oz
pullarning ko‘payib ketganini hisobga oladigan bo‘lsak, birdaniga milliy
valutani joriy etish, uning salmog‘ini juda tushirib yuborgan bo‘lardi.
Rubl bilan 1:1 nisbatida almashtirish esa pulimizni birdaniga qadrsiz qilib
qo‘yar edi. Milliy valutaga so‘m-kupon orqali bosqichma-bosqich o‘tish
aholini ham, bo‘lajak o‘zbek SO‘Mini
ham hyech narsa bilan
ta’minlanmagan rubl bosqinidan muhofaza qiladi.