O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Mablag‘larni yetkazib berish tartibiga ko‘ra bank kreditlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   161
Moliya huquqi

Mablag‘larni yetkazib berish tartibiga ko‘ra bank kreditlari 
quyidagilarga bo‘linadi:
a) alohida hisobvarag‘idan kredit berish. 
Bunda bank qarz oluvchiga 
maxsus hisobvarag‘i ochadi va unga kredit summasini o‘tkazadi. Shu 
hisobvarag‘i orqali qarz oluvchiga uchinchi shaxslar tomonidan 
yetkazilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha 
hisob-kitob qilinadi; 
b) kontokorrent hisobvarag‘i orqali kredit berish.
Bunda bank qarz 
oluvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘ini yopadi 
va qarz oluvchining hamma operatsiyalarini yagona kontokorrent 
hisobvarag‘idan amalga oshiradi. Bu hisobvarag‘ida pul mablag‘lari 
yetmagan hollarda, bank kelishilgan limit chegarasida o‘z mablag‘laridan 
hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Kontokorrent kreditlarining muddati 12 
oydan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Lekin bu muddat tomonlarning kelishuviga 
binoan uzaytirilishi mumkin. 
Banklar tomonidan kreditlar berish kredit shartnomasi asosida amalga 
oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-
moddasiga binoan 
kredit shartnomasi 
bo‘yicha bir taraf bank yoki 
boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) 
shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul 
mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini 
qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Yozma shaklga 
rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. 
Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. 
Kredit shartnomasi ikki tomonlama majburlaydigan shartnomalar 
turiga kiradi va shartnoma ishtirokchilari – kreditor ham, qarz oluvchi 
ham huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Kredit shartnomasi haq evaziga tuziladigan shartnoma bo‘lib, qarz 
oluvchi shartnomada belgilangan tartibda foizlar to‘lashi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 746-moddasiga 
binoan kreditor qarz oluvchini to‘lovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz 
oluvchi kreditni ta’minlash majburiyatlarini bajarmasa, shartnomada 
nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini 


235
buzsa, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan kreditni berishdan 
butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. 
Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga 
haqli. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shartnomasida 
belgilab qo‘yilgan kredit berish muddatiga qadar xabardor qilishi shart. 
Qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditdan aniq 
maqsadda foydalanish majburiyatini buzgan taqdirda kreditor shartnoma 
bo‘yicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni to‘xtatishga haqli. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tish bank krediti sohasidagi 
munosabatlarni tubdan o‘zgartirdi. Lekin bu holat mamlakatdagi pul-
kredit munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishni inkor etmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida kredit tizimini boshqarish vazifasi 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir tomondan, pul-kredit 
tizimini boshqarish bo‘yicha hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat 
organi sifatida; ikkinchi tomondan esa tijorat va boshqa kredit 
muassasalari bilan ma’lum bir fuqarolik-huquqiy munosabatlariga 
kiruvchi yuridik shaxs sifatida harakat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oldingi vaqtlardagi davlat 
banklaridan farq qilgan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
faoliyatini bevosita nazorat qilmaydi, balki tijorat banklari va boshqa 
kredit muassasalarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
Markaziy bank – bank mijozlarining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha 
choralar ko‘radi, bank tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida 
sug‘urta jamg‘armalarini tashkil etadi va vakolati doirasida boshqa 
vazifalarni bajaradi. 
Bank tizimining holatini yaxshilash, barkarorligini ta’minlash 
maqsadida Markaziy bank banklarga kreditlar berish orqali ularni qayta 
moliyalashtiradi. 
Qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
oxirgi bosqichdagi (instansiyadagi) kredit beruvchi (kreditor) bo‘lib 
hisoblanadi. Markaziy bank tijorat banklarining normal faoliyat 
ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib berilishida yordamlashadi, lekin u tijorat 
banklarining kundalik faoliyatiga aralashmaydi. Markaziy bank tijorat 
banklari va boshqa kredit muassasalarini tashkil etishning maqsadga 
muvofiqligi va qonuniyligi ustidan nazoratni olib boradi. Ushbu nazorat – 
tijorat va boshqa kredit muassasalarining ustavini ro‘yxatga olish, bank 


236
operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish 
va qaytarib olish jarayonida amalga oshiriladi. 
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi kredit tizimini boshqa-
ruvchi organ sifatida, tartibga solish funksiyasini amalga oshira turib, 
bank krediti sohasiga taalluqli masalalar bo‘yicha me’yoriy aktlar 
chiqarish huquqiga ega. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 
«Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuniga binoan Markaziy bank o‘z 
vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro 
etishi majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlar chiqaradi. Markaziy bankning 
me’yoriy hujjatlari, agar hujjatning o‘zida o‘zga qoida nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. 
Mazkur qonunning 52-moddasida Markaziy bankning banklar uchun 
majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bular 
quyidagilardan iborat: 
a) kapitalning monandlik koeffitsiyentini; 
b) bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga 
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini; 
d) yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p 
miqdorini; 
ye) likvidlilik koeffitsiyentlarini; 
f) aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek 
bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga 
kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi 
tashkil etiladigan zahiralarni shakllantirishni; 
g) qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank 
daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni; 
h) ochiq valuta mavqyei limitlarini belgilash. 
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o‘zgarishi to‘g‘risida 
kamida bir oy oldin e’lon qiladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan iqtisodiy normativlar Markaziy bankning 
taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy normativlar 
yordamida tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari faoliyatiga ta’sir 
etib, ularning funksiyalanishini, O‘zbekiston Respublikasi kredit 
tizimining barqarorligini ta’minlaydi.
Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari bo‘yicha 
javobgar emas, ular shunday javobgarlikni o‘z zimmasiga o‘zlari olgan 
hollar bundan mustasno. 


237
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga banklarning hisobvara-
qalarini yuritish va depozitlarini qabul qilishga ruxsat etilgan. 
Markaziy bank banklarga banklararo to‘lovlarga hisob-kitob-kliring 
xizmatini, shu jumladan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari orqali haq 
to‘lashni tashkil etishda yordam ko‘rsatish, shunday operatsiyalarni 
o‘tkazish tartibini o‘z ixtiyeriga ko‘ra belgilash va tegishli ko‘rsatmalar 
berishga haqlidir. 
Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun axborot tarmog‘ini 
yaratadi va saqlab turadi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan O‘zbekiston Res-
publikasi Markaziy banki banklarning faoliyati ustidan, bank qonun-
chiligining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Marka-
ziy bank banklar tomonidan amalga oshiriladigan bank operatsiyalarini 
o‘zi tekshirishi yoki bu ishni auditorlik tashkilotlariga topshirishi 
mumkin. 
Markaziy bank nazoratni amalga oshirish jarayonida aniqlangan 
kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi. Markaziy 
bank ko‘rsatmalari banklar uchun bajarilishi majburiydir. Agar Markaziy 
bank ko‘rsatmalari bajarilmasa, iqtisodiy normativlarning buzilishi 
sababli banklarga yoki mijozlarga zarar yetkanligi aniqlansa, hisobotlar 
taqdim etilmasa yoki soxta hisobotlar taqdim etilgan bo‘lsa va boshqa 
hollarda Markaziy bank aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan 
quyidagi chora va sanksiyalarni qo‘llaydi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin