251
hollarda (masalan, ish haqini to‘lash) naqd pul shaklidagi to‘lovlarni
amalga oshirishlari mumkin.
Pul massasi
– bu muomilada bo‘lgan pul birliklari; yuridik shaxslar
va fuqarolarning bankdagi hisob raqamidan va omonatlarida saqlanadigan
pul mablag‘lari; banklarning pul majburiyatlaridir.
Pul tizimi rivojlangan davlatlarda naqd pulsiz shakldagi to‘lov
mablag‘lari har qanday vaqtda naqd
pulga va aksincha, naqd pul naqd
pulsiz shaklga almashtiriladi.
Naqd pul muomilasi – ularning emissiyasidan, ya’ni pul birliklarini
muomilaga chiqarishdan boshlanadi.
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga
binoan naqd pul emissiyasi (muomilasi) va ularni tashkil etish, pul
mablag‘larini muomiladan qaytarib olish Markaziy bank tomonidan
amalga oshiriladi.
Muomilada bo‘lgan banknotlar va tangalar O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining qat’iy majburiyatlari hisoblanadi
va uning barcha
aktivlari bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, Markaziy bank yuk qilib
yuborilgan, yo‘qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo‘qotgan
banknotlar va tangalarning o‘rnini qoplamaydi.
Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek
ularning dizaynini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Kengashi
bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni
Markaziy bankning mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namuna-
lardagi banknot va tangalar muomilaga chiqarilishi to‘g‘risidagi axbo-
rotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon
qiladi.
Banknotlar va tangalarni qalbakilashtirishdan
saqlash maqsadida,
vaqti-vaqti bilan ularning modifikatsiyasi amalga oshiriladi. Naqd pul
muomilasini ta’minlash maqsadida yangi qiymatdagi pul birliklari
chiqarilishi mumkin.
Muomilada bo‘lgan naqd pul tarkibi hamda naqd pul bilan amalga
oshiriladigan hisob-kitoblarning to‘xtovsiz olib borilishi uchun Markaziy
bank javobgar bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida naqd pul shaklida quyidagi hisob-
kitoblar amalga oshirilishi mumkin:
korxonalar, muassasalar va tashki-
lotlarning aholi bilan hisob-kitoblari; tovar va oziq-ovqat bozorlarida
ma’lum bir fuqarolar o‘rtasidagi hisob-kitoblar; aholining
moliyaviy-
252
kredit organlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblari; ma’lum bir chegara
doirasida korxonalar, tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar.
Bozor iqtisodiyoti va bank tizimi rivojlangan davlatlarda naqd pul
shaklida hisob-kitoblarni amalga oshirish – butun pul muomilasining 3–8
foizidan oshmaydi. Bu davlatlarda xizmatchilarning va boshqa
xodimlarning ish haqlari bankdagi tegishli hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Masalan, AKSHda – 1 foiz; Angliyada – 10 foiz; Fransiyada – 10 foizdan
kamroq; Kanadada – 5 foizga yaqin aholi ish haqini naqd pul shaklida
olishadi xolos.
Odatda, aholining tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob-kitoblari,
aksariyat hollarda, naqd
pulsiz shaklda, ya’ni: hisobdan-hisobga
o‘tkazish, cheklar, kredit va magnit kartochkalari orqali amalga oshiriladi.
Naqd pul muomilasining asossiz kengayishi mamlakat iqtisodiyotida
pulning taqchilligini va iqtisodiyotning moliyaviy muvozanati buzilishini
keltirib chiqarishi mumkin.
Naqd pulsiz shakldagi pul momilasida – tegishli munosabatlar
subyektlari o‘rtasida to‘lov vositasi sifatida real pul birliklari (banknotlar
va tangalar) ishtirok etmaydi. Bunday munosabatlarda asosan o‘ziga xos
simvollar, ya’ni pul massasi muomilasi to‘g‘risidagi raqamli yozuvlar
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: