267
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblarning amal qilish muddati va tarkibi
pul mablag‘larini to‘lovchi va oluvchi o‘rtasidagi shartnomada
belgilanadi, unda quyidagilar mavjud bo‘lishi shart: emitent bank nomi,
mablag‘larni oluvchini akkreditiv olish to‘g‘risida
xabardor qilish usuli,
akkreditiv bo‘yicha mablag‘larni olish uchun oluvchilar tomonidan
taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi, tovarlar
yuklab jo‘natilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan, ish bajarilgan)idan keyin
hujjatlarni
taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yilgan
talablar.
Akkreditivni ijro etish uchun mablag‘larni oluvchi akkreditiv muddati
tugaguniga qadar akkreditiv barcha shartlarining bajarilishini tasdiqlovchi
hujjatlarni ijrochi bankka taqdim etishi kerak. Akkreditiv shartlaridan
hyech bo‘lmasa, bittasi bajarilmagan taqdirda, u bo‘yicha hisob-kitoblar
amalga oshirilmaydi. Akkreditivning yopilishi oluvchi uchun noxush
bo‘lgan muayyan oqibatlarga olib kelishi (masalan, tovarlarni yetkazib
bergani uchun mablag‘ olish kafolatidan uni mahrum etishi) mumkinligi
sababli qonunchilikda akkreditivni yopish uchun asoslar ro‘yxati nazarda
tutilgan.
Akkreditivni yopish to‘g‘risida ijrochi bank emitent bankka xabar
beradi. Foydalanilmagan summa to‘lovchi bankining mablag‘lar depo-
nentlangan hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Akkreditiv to‘liq
ishlatilmagan va
emitent bankka qaytarilgan holda, mablag‘lar qoldig‘i to‘lovchining talab
qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Tijorat banki hisob-kitob cheklari bilan hisob-kitoblar.
Tijorat banki
hisob-kitob cheki mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka chek
beruvchining hisobvarag‘idan chek egasi hisobvarag‘iga mablag‘lar
muayyan summasini to‘lashni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriq-
nomasidan iborat.
Amaldagi qonunchilik bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning
bunday shakli jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) bilan
yuridik shaxslar o‘rtasida tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun faqat o‘zaro
munosabatlardagina qo‘llanishi mumkin.
Chek berilayotganida bank jismoniy shaxsning arizasiga muvofiq
balans hisobvarag‘i – «Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha
depozitlari»da chek summasiga alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq
ochadi va chekka faqat shu hisobvaraqdan haq to‘laydi.
Chek jismoniy
shaxsning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan
mablag‘lar yoki u tomonidan kiritilgan naqd pullar hisobidan beriladi.
268
Chek ikki qismdan iborat: chekning o‘zi va uning koreshogi (milki).
Koreshokda chekda ko‘rsatilgan summani tasdiqlash uchun mo‘ljallangan
nazorat raqamlari bo‘ladi.
Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil
belgilanadi. Agar chekning amal qilish muddati tugashi bilan u bankka
taqdim etilmagan bo‘lsa, chek summasi maxsus balans hisobvarag‘ida
hisobga olinadi. Chekning amal qilish muddati tugashi bilan uning egasi
bankka murojaat qilsa, bank chek egasining pasporti (yoki uning o‘rnini
bosadigan boshqa hujjati) mavjud bo‘lgan holda, to‘sqinliksiz chekni
qabul qiladi va so‘ndiradi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida nizom cheklarni to‘lash tartibi,
hisob-kitob cheklarini qabul qilish funksiyalari zimmasiga yuklatilgan
bank xodimlarining majburiyatlarini qat’iy tartibga soladi.
Amaldagi qonunchilik bo‘yicha, agar sotilayotgan tovar, bajarilgan
ish, ko‘rsatilgan xizmat qiymati chek summasidan past bo‘lsa, chek egasi
bo‘lgan tashkilot chek summasidan 25 foizgacha bo‘lgan miqdorda naqd
pul bilan qaytim beradi.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarga haq to‘lash uchun qabul qilingan
cheklar chek egasi bo‘lgan tashkilotlar tomonidan
ularga xizmat
ko‘rsatuvchi bank muassasasiga inkassatorlar orqali belgilangan tartibda
pul tushumi bilan birga topshiriladi.
Chek muddatidan qat’i nazar, notarial tasdiqlangan tegishli hujjatlar
mavjud bo‘lgan holda, merosxo‘rlar yoki ishonchli shaxslar tomonidan
taqdim etilishi mumkin. Chek tekshirilgach, bank boshqaruvchisi va bosh
buxgalteri uni so‘ndirish uchun ruxsat beradi.
Foydalanilmagan chek taqdim etilgan vaqtda, taqdim etilgan
chekning asl yoki asl emasligi tekshiriladi, chek berilishiga asos bo‘lib
xizmat qilgan hujjat bo‘yicha chek egasining shaxsi tasdiqlanadi,
foydalanilmagan chek summasi esa, chek egasining depozit hisob-
varag‘iga o‘tkaziladi.
Qonunchilik bo‘yicha chek yo‘qotilgan bo‘lsa,
bank ushbu chek
bo‘yicha mablag‘larni hisobdan chiqarish uchun javobgar bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: