259
shart-sharoitlarni
tashkil etish;
hisob-kitoblardan ortiqcha bo‘g‘inlarni
chiqarish, to‘lovlarni amalga oshirishning elektron usullarini joriy etish
yo‘li bilan hisob-kitob
operatsiyalarini
optimallashtirish
; aholi naqd
pulsiz hisob-kitoblarini kengaytirish va h.k.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra,
tovar va
tovarsiz
operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarga bo‘linadi.
Tovar
operatsiyalariga realizatsiya qilingan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan
ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun korxonalar, tashkilotlar o‘rtasida
amalga oshiriladigan hisob-kitoblar kiradi.
Tovarsiz
operatsiyalar
moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblar (budjetga to‘lovlar, bank
ssudalarini to‘lash, sug‘urta to‘lovlari va boshq)dir.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar yetkazib beruvchi bilan xaridor, yetkazib
beruvchi bilan bank, xaridor bilan bank o‘rtasida yuzaga keladigan
iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi. Shu
munosabat bilan naqd pulsiz
hisob-kitoblarga muayyan xususiyatlar xos bo‘lib, ular ikki omil bilan
bog‘liqdir.
Birinchidan,
har bir hisob-kitob operatsiyasi uchun ayni bir
vaqtda uch qatnashchi mavjud bo‘lishi shart:
bank, to‘lovchi va oluvchi.
Ularning
hisob
-kitob munosabatlari sohasidagi o‘zaro aloqalari ko‘p
hollarda fuqarolik-huquqiy shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Ikkinchidan,
hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish tartibi Markaziy
bank tomonidan belgilanib, ushbu munosabatlarda u o‘ziga tegishli
hokimiyat vakolatlari berilgan davlat organi sifatida qatnashadi. Shu
sababli hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida yuzaga
keladigan ijtimoiy munosabatlar fuqarolik huquqi va moliya huquqi
me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqi me’yorlari turli subyektlar o‘rtasida shartnoma
majburiyatlarini bajarish vaqtida yuzaga keladigan hisob-kitob
operatsiyalarini tartibga soladi. Fuqarolik huquqiy shartnomalarni tuzish
vaqtida ushbu shartnomalarda tomonlar kelishuvi bo‘yicha
belgilanadigan
hisob-kitoblar shartlari (shakli, muddatlari va h.k.) nazarda tutilgan
bo‘lishi lozim.
Ammo barcha hisob-kitob munosabatlari uchun moliyaviy-huquqiy
tartibga solishning mavjud bo‘lishi xosdir. Bu shu bilan belgilanadiki,
naqd pulsiz hisob-kitoblarning majburiy subyektlaridan biri sifatida
banklar qatnashib, ular o‘z mijozlari (to‘lovchilar va oluvchilar –
fuqarolik huquqiy munosabatlari subyektlari)ning
farmoyishlarini passiv
bajaruvchi rolida chiqish bilangina cheklanib qolmaydi. Hisob-kitob
munosabatlari subyektlaridan biri bo‘lib, banklar hisob-kitoblarni tashkil
260
etadi va amalga oshiradi, hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish
uchun belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi,
zarur asoslar
mavjud bo‘lgan hollarda esa, davlat majburlov choralarini ham qo‘llaydi.
Tabiiyki, banklar bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlarning
ushbu guruhi fuqarolik huquqi me’yorlari bilan tartibga solinishi mumkin
emas. Mazkur holda davlat-hokimiyat xususiyatidagi moliyaviy-huquqiy
munosabatlarning barcha belgilari yaqqol ko‘rinib turibdi va shu
munosabat bilan ular moliya huquqi tomonidan o‘rganilmoqda.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni moliyaviy-huquqiy tartibga solish
asoslari «Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilangan. Mazkur
qonunning 36-moddasiga muvofiq naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston
Respublikasi hududida banklar orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank
O‘zbekiston Respublikasining naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga
oshiruvchi, qonunchilikda «mijozlar» deb ataladigan barcha yuridik va
jismoniy shaxslari uchun majburiy bo‘lgan
naqd pulsiz hisob-kitoblar
shakllari va qoidalarini belgilash huquqiga ega. Markaziy bank normativ
hujjatlari hisob-kitoblarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi kredit
muassasalari uchun ham majburiy hisoblanadi. «Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasiga muvofiq banklar zimmasiga
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning
hisobvaraqlarini
ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob
qilish vazifalari yuklatilgan.
Hisob-kitoblar to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik hisob-kitoblar
tamoyillari va tartibini belgilovchi moliyaviy-huquqiy me’yorlarni o‘z
ichiga olgan. Ularda, shuningdek, hisob-kitoblarni amalga oshirish
jarayonida banklar bilan mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
mazmun va shakllari tartibga solinadi. Hisob-kitoblarni amalga oshirish
vaqtida banklar barcha mijozlar tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini
amalga oshirish qoidalari, shartnoma intizomiga rioya etilishi, hisob-kitob
hujjatlarining tegishli tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanishini
nazorat qiladi.
Naqd pulsiz muomalani tashkil etishni tartibga soluvchi asosiy
normativ hujjat – bu «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblar to‘g‘risida»gi nizom (yangi tahrirda) hisoblanadi.
Ushbu hujjat
naqd pulsiz hisob-kitoblarning barcha shakllari bo‘yicha pul-hisob-kitob
hujjatlarini rasmiylashtirish, hisob-kitob intizomiga rioya etilishini
nazorat qilish va u buzilgan taqdirda ta’sir choralarini qo‘llash tartibini
belgilaydi.