274
valutasining O‘zbekiston Respublikasi pul birligiga nisbatan kursini
aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilanadi.
Valutani tartibga solish
– bu valuta operatsiyalarini amalga oshirish
tartibini belgilab berishga qaratilgan davlat organlarining faoliyatidir.
O‘zbekiston Respublikasi davlatning iqtisodiyot sohasidagi
vazifalaridan kelib
chiqqan holda, valuta munosabatlarini tartibga soladi.
Valutani tartibga solish jarayonida ushbu faoliyatni olib boruvchi
organlarning tizimi ham o‘zgardi.
O‘zbekiston Respublikasi ma’lum bir doirada valuta va valuta
boyliklarining muomilasiga yo‘l qo‘yib, u o‘zining milliy valutasi
ustunligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida valutani tartibga solish ikki bosqichda
amalga oshiriladi:
– valutani me’yoriy-huquqiy tartibga solish,
ya’ni valuta bilan
bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy
me’yorlarni
ishlab chiqish va tasdiqlash;
– valutani individual (yakka)-huquqiy tartibga solish,
ya’ni aniq bir
valuta munosabatlarini yuzaga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor
qiluvchi huquqiy me’yorlarni qo‘llash.
O‘zbekiston Respublikasida valutani tartibga solishning huquqiy
asoslarini: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston
Respublikasining «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi, «Markaziy bank
to‘g‘risida»gi, «Bank va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
va boshqa
qonunlari, valutani tartibga solishga karatilgan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining va maxsus vakolatli organlar-
ning me’yoriy hujjatlari tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-modda 6-bandiga
binoan O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi valuta ishlarini qonun
yo‘li bilan tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi valuta
sohasidagi qonun hujjatlarini qabul qiladi va ushbu qonunlarning ijro
etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi
qonunning 6-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazir-
ligi valuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillarini
shakllantirishda
ishtirok etadi, respublika to‘lov balansini, respublika valuta jamg‘armasi
valuta mablag‘lari kirimi va chiqimining istiqbolga oid taxminlarini
ishlab chiqadi, valuta boyliklarining oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi,
275
hamda ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan
nazorat qiladi, shuningdek hukumat topshirig‘iga binoan O‘zbekiston
Respublikasining oltin-valuta zahiralarini boshqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to‘g‘risida»gi
qonunning 40-moddasiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy
banki valutani tartibga solish va valutani nazorat qilish davlat organidir.
Markaziy bank:
– ijro etish O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar uchun
majburiy bo‘lgan valutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar
chiqaradi;
– banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valutasida
operatsiyalar o‘tkazish uchun litsenziyalar
beradi va litsenziyalarni
qaytarib oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;
– banklar uchun ochiq valuta mavqyei limitlarini va boshqa iqtisodiy
normativlarni
belgilaydi;
– milliy valutaning chet el valutasiga nisbatan kursini aniqlash
tartibini belgilaydi;
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zahiralarini tasarruf etadi va
boshq.
O‘zbekiston Respublikasining «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi
qonunning 8-moddasiga binoan valuta operatsiyalarini amalga oshirishda
vakolat berilgan banklar (masalan, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi
iqtisodiy faoliyat Milliy banki) mijozlarning valuta to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etishlari ustidan va o‘tkazgan operatsiyalari to‘g‘risida
hisobotlar taqdim etishlari ustidan nazorat qilib boradi.
Dostları ilə paylaş: