276
O‘zbekiston Respublikasida xorij valutasidagi operatsiyalarni amalga
oshirish, shuningdek valuta operatsiyalarini amalga oshirishda xorij
valutasidagi to‘lov hujjatlaridan foydalanish tartibini O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
bilan kelishib olgan holda belgilaydi.
Valuta operatsiyalarining har xil ko‘rinish va turlari mavjuddir.
«Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonu-
nida
valuta operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
– valuta boyliklariga nisbatan bo‘lgan egalik huquqining o‘tishi bilan
bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishda xorij valutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining
pul birligidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq ope-
ratsiyalar;
– valuta boyliklarini xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish
va jo‘natish hamda O‘zbekiston Respublikasidan xorijga olib chiqish va
jo‘natish;
– xalqaro ko‘lamda pul o‘tkazish ishlarini amalga oshirish kabilar.
Valuta operatsiyalari
joriy operatsiyalarga
va
kapitalning harakati
bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga
bo‘linadi.
Joriy valuta operatsiyalari
:
a) mollarni eksport va import qilish, valuta boyliklarini oldi-sotdisi
bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, intellektual mulkka bo‘lgan
huquqni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq, hisob-kitoblari to‘lov
muddatini kechiktirmaslik sharti bilan amalga oshiriladigan, zayom
mablag‘lari berilishi yoki jalb etilishini nazarda
tutmaydigan operat-
siyalar;
b) bank omonatlari, kreditlari, investitsiyalar va boshqa moliya
operatsiyalaridan foizlar, dividendlar hamda o‘zga daromadlarni xorijga
va xorijdan o‘tkazish;
d) savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan mablag‘larni, shu jumladan ish
haqi, pensiya, aliment, meros pullarni o‘tkazish, shuningdek shunga
o‘xshash boshqa operatsiyalar kiradi.
Kapital harakati bilan bog‘liq valuta operatsiyalariga
:
a) investitsiyalar, shu jumladan qimmatli qog‘ozlarni
sotib olish va
sotish;
b) kreditlar berish va olish;
d) mablag‘larni jalb etish hamda ularni hisob raqamlarga va
omonatlarga qo‘yish;
277
ye) to‘lovlar amalga oshiriladigan yoki egalik huquqi muayyan
muddatdan keyin valuta boyliklariga o‘tadigan moliyaviy operatsiyalar
kiradi.
Valuta operatsiyalari ularni amalga oshiruvchi subyektlarga qarab:
a) banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarga;
b) bank muassasasi hisoblanmagan tashkilotlar tomonidan amalga
oshiriladigan operatsiyalarga bo‘linadi.
O‘z navbatida banklar tomonidan amalga oshiriladigan
valuta
operatsiyalari: barcha bank operatsiyalariga xos bo‘lgan –
umumiy
operatsiyalarga
(masalan, passiv va aktiv operatsiyalar) hamda faqat
valuta operatsiyalariga xos bo‘lgan –
maxsus operatsiyalarga
bo‘linadi.
Valuta operatsiyalari banklar tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan
xizmatga qarab:
rezidentlarga
va
norezidentlarga
ko‘rsatiladigan
operatsiyalarga bo‘linadi.
Valuta operatsiyalarining rezidentlariga quyidagilar kiradi:
– O‘zbekiston Respublikasida muqim yashash joyi bo‘lgan, shu
jumladan vaqtincha O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan
jismoniy shaxslar;
– O‘zbekiston hududida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
qonunlariga muvofiq tuzilgan va ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar, shu
jumladan xorij investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar;
– O‘zbekiston Respublikasining immunitetga
va diplomatiya
imtiyozlariga ega bo‘lgan xorijdagi diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy
vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi korxona va
tashkilotlarning xorijdagi xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan
shug‘ullanmaydigan o‘zga vakolatxonalari kabilar.
Norezidentlarga quyidagilar kiradi:
– xorijda muqim yashash joyi bo‘lgan,
shu jumladan vaqtincha
O‘zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxslar;
– O‘zbekiston Respublikasining tashqarisida joylashgan bo‘lib,
ajnabiy davlatlarning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan va shu qonunlar
asosida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasining korxona va tashkilotlari ishtirokidagi yuridik shaxslar;
– O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lib, immunitetga
va diplomatiya imtiyozlariga ega bo‘lgan xorij diplomatiya, savdo va
boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari,
shuningdek xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullan-
maydigan tashkilot va firmalarning vakolatxonalari kabilar.
278
Valuta operatsiyalarini amalga oshirish katta ahamiyatga egadir.
Valuta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro iqtisodiy
munosabatlarida integratsiyalashishida (birlashishida), xo‘jalik yurituvchi
subyektlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda,
mamlakat iqtisodiga xorij investitsiyasini jalb etishda, mamlakat
aholisining valutaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda katta ahamiyatga ega.
Valuta nazorati moliyaviy kontrolning bir qismi bo‘lib, moliyaviy
kontrolning barcha xususiyatlari valuta nazoratiga ham xosdir. Lekin, shu
bilan birga, valuta nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: