O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


qimmatli qog‘ozlar depozitariylari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161
Moliya huquqi

qimmatli qog‘ozlar depozitariylari 
deb ataladi. 
O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozori depozi-
tariylari – O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul 
qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risi-
da»gi qonuniga asosan va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Mazkur qonunga binoan depozitariylar jismoniy va yuridik shaxslar, 
shu jumladan chet el jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan, yuridik 
shaxsning istalgan tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan banklar, 
reyestr egalari tegishli litsenziya asosida qimmatli qog‘ozlar bozorida 
depozitariy sifatida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. 
Depozitariy ustav fondining eng kam miqdori qonun hujjatlarida 
tegishli yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga nisbatan belgilangan 
miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. 
Depozitariy filiallar ochish huquqiga ega bo‘lib, ular depozitariyning 
alohida bo‘linmalari deb hisoblanadi. Depozitariy filiali o‘z faoliyatini uni 
tuzgan depozitariy tasdiqlagan nizom asosida, uning rahbari esa – tegishli 
ishonchnoma asosida amalga oshiriladi. Depozitariy filiali uni tuzgan 
depozitariyga berilgan litsenziyada nazarda tutilmagan depozitar 
xizmatlar ko‘rsatishi mumkin emas. 
Depozitariylar O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini maxsus 
ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradilar. Litsenziyada ruxsat 
berilgan depozitar xizmatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Litsenziya berish, uni 
qaytarib olish yoxud uning amal qilishini to‘xtatib quyish O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda 
amalga oshiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi 
shart. 
Depozitariylar o‘z faoliyatlarini amalga oshirish chog‘ida depozitar 
operatsiyalar standartlariga muvofiq quyidagi xizmat turlarini ko‘r-
satadilar: 


287
– qimmatli qog‘ozlarni saqlash; 
– naqd va naqd bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni 
hisobga olish va tegishli guvohnoma berish yo‘li bilan buni tasdiqlash
– qimmatli qog‘ozlar zimmasiga majburiyatlar yuklangan holatlarni, 
shuningdek ular tugatilgan holatlarni hisobga olish. 
O‘zbekiston Respublikasida 
depozitariylar tizimi ikki bosqichli 
bo‘lib, ular: depozitariylar; markaziy depozitariy hisoblanadi.
Har bir depozitariy davlat ro‘yxatidan o‘tib, litsenziya olgandan so‘ng 
vakolatli davlat organi tasdiqlagan tartibda markaziy depozitariyda 
vakillik hisobvarag‘ini ochishi kerak. 
Depozitariylar o‘z deponentlarining markaziy depozitariy vakillik 
hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan naqd bo‘lmagan 
qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan huquqlar hisobini yuritadilar, shuningdek 
naqd qimmatli qog‘ozlarni saqlashni amalga oshiradilar va ular bo‘yicha 
huquqlar hisobini yuritadilar.
Qimmatli qog‘ozlarning 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin