O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   161
Moliya huquqi

markaziy depozitariysi 
– O‘zbekiston 
Respublikasi depozitariylarida qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli 
qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni hisobga olish va 
qimmatli qog‘ozlar 
harakatining 
yagona tizimini ta’minlovchi depozitariydir. Markaziy 
depozitariy qonun hujjatlariga muvofiq davlat unitar korxonasi sifatida 
tuziladi. Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini xizmat ko‘rsatishdan 
olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradi. 
Markaziy depozitariy xizmatlari uchun olinadigan tariflar miqdori 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 
vakolatli davlat organi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Markaziy depozitariyning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
chiqarilgan naqd bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarni saqlash;
davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan obyektlar-
ning naqd qimmatli qog‘ozlarini ular sotib olingunga qadar bo‘lgan 
davrda saqlash;
naqd qimmatli qog‘ozlarga nisbatan davlat huquqlarini hisobga 
olish; 
naqd bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga nisbatan davlat huquqlarini 
hisobga olish;
depozitariylarning vakillik hisobvaraqlarini yuritish;
birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining qimmatli 
qog‘ozlari savdolarga qo‘yilishidan oldin ular borligini va haqiqiy 
ekanligini tasdiqlash;


288
savdolarda tuzilgan bitimlarga muvofiq birja va birjadan tashqari 
savdolar qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar yetkazib berilishini 
ta’minlash; 
naqd va naqd bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar muomalaga 
chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash; 
O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan, 
shuningdek qimmatli qog‘ozlarning xorijiy fond bozorlarida O‘zbekiston 
Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni 
hisobga olish; 
depozitariylar tizimida qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi 
axborotlarni jamlash va tartibga solib turish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin