O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161
Moliya huquqi

Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi 
ularni dastlabki egalar (investorlar) – 
yuridik va jismoniy shaxslarga sotish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarni 
muomalaga chiqarishdir. 
Emissiya: 
– 
aksiyadorlik jamiyati ta’sis etilib, aksiyalar uning muassislari 
o‘rtasida tarqatilgan taqdirda;
– aksiyadorlik jamiyatining dastlabki ustav sarmoyasi (fondi) miqdori 
aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirilgan taqdirda;
– yuridik shaxslar, davlat tomonidan, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari tomonidan zayom sarmoyasi obligatsiyalar va boshqa qarz 
majburiyatlari chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarni muomilaga chiqarish (emissiya) quyidagi 
ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin: 
– ommaviy e’lon bermay, reklama kompaniyasi o‘tkazmay, emissiya 
risolasini e’lon qilmay va ro‘yxatdan o‘tkazmay oldindan ma’lum 
cheklangan miqdordagi investorlar orasida xususiy yusinda tarqatish
– 
emissiya risolasini e’lon qilib va ro‘yxatdan o‘tkazib, 
cheklanmagan miqdordagi investorlar orasida ochiq savdo o‘tkazish. 
Yuqorida aytib o‘tilgan hollarning har birida O‘zbekiston Respub-
likasi Moliya vazirligi emissiyalarning eng kam va eng ko‘p miqdorlarini 
belgilab beradi. 
Emitentlar o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda, 
komission haq evaziga banklar, investitsiya kompaniyalari, moliya 
brokerlari orqali sotish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozori O‘zbekiston 
Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan «Qimmatli 
qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida»gi 
qonuniga asosan tartibga solinadi. Qonunning 2-moddasiga binoan 
qimmatli qog‘ozlar bozori 
– bu jismoniy va yuridik shaxslarning 
qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ularning muomilada bo‘lishi va haqini 
to‘lash bilan bog‘liq munosabatlari tizimidir. 


285
Qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari 
– qimmatli qog‘ozlarning 
emitentlari, investorlar, investitsiya institutlari, shuningdek ularning 
birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari), 
davlat tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish va 
muvofiqlashtirish vakolati berilgan organlar va boshqalardan iboratdir. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoni litsenziya asosida ish olib 
boradigan fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari) va investitsiya 
institutlari qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etadilar. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo qilishning asosiy tamoyillari 
quyidagilardan iborat:
barcha potensial investorlar o‘z mablag‘larini foydali tarzda 
joylashtirishlari uchun ularga shart-sharoitlar yaratib berish; 
qimmatli qog‘ozlar bozorida tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi; 
erkin raqobat yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish; 
narxlarni real tarkib topadigan talab va taklif asosida belgilash
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga uning 
barcha qatnashchilarining qat’iy rioya etishi; 
birja va birjadan tashqari operatsiyalar, kotirovkalar, emitent-
larning moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborot oshkor etilishining shartligi; 
o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan 
barcha investorlar va emitentlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi; 
qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlarga doir axborotning to‘la 
oshkor etilishini, oshkoralikni va bu axborotdan barcha qatnashchilar 
foydalana olishini ta’minlash; 
investorlar va emitentlarning manfaatlarini himoya qilish; 
qimmatli qog‘ozlar bozorida tovlamachilik va boshqa noqonuniy 
faoliyatni taqiqlash va ta’qib qilish. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida vositachilikni investitsiya vositachilari 
amalga oshiradilar. Investitsiya vositachisi – bu qimmatli qog‘ozlar 
bozorida brokerlik va (yoki) dilerlik faoliyatini amalga oshirayotgan 
investitsiya institutidir. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat boshqaruvi vakolatli organlar 
tomonidan:
qimmatli qog‘ozlar va emissiya prospektlarini chiqarishni ro‘y-
xatga olish, emitentlarning ularda nazarda tutilgan shartlar va 
majburiyatlarga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish; 


286
mutaxassislarni attestatsiyalash, investitsiya institutlari faoliyatini 
litsenziyalash va nazorat qilish;
investorlar hamda qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa 
ishtirokchilari bergan shikoyatlarni ko‘rib chiqish va qimmatli qog‘ozlar 
bozori ishtirokchilari bajarishi majburiy bo‘lgan xulosalar chiqarish
ko‘rsatmalar berish va boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi. 
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan 
huquqni hisobga olish bo‘yicha faoliyat yurituvchi qimmatli qog‘ozlar 
bozori institutlari – 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin