O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161
Moliya huquqi

Valuta nazorati 
deganda, valuta operatsiyalarini amalga oshirish 
jarayonida valuta qonunchiligini ta’minlashga qaratilgan davlatning 
faoliyati tushuniladi.
«Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonunining 16-moddasiga binoan 
valuta nazoratining maqsadi 
valuta 
operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida valuta qonunlariga rioya etilishini 
ta’minlashdan iborat. 
Valuta nazoratining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisob-
lanadi: 
– amalga oshirilayotgan valuta operatsiyalarining amaldagi qonunlar-
ga mos bo‘lishini va shu ish uchun kerakli ruxsatnomalar hamda 
ijozatnomalar bor-yo‘qligini; 
– rezidentlar respublika valuta fondiga chet el valutasida soliq va 
boshqa to‘lovlar to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga chet el valutasini sotish 
bo‘yicha majburiyatlarini qanday bajarayotganini; 
– Respublika valuta fondidan ajratilgan valuta mablag‘laridan mo‘l-
jallangan aniq maqsadga muvofiq va qanchalik samarali foydala-
nilayotganligini; 
– chet el valutasidagi to‘lovlarning asosliligini; 
– valuta operatsiyalari bo‘yicha hisobga olish va hisobot mukammal 
hamda xolis bo‘lishini tekshirishdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasida valutani nazorat qilish valuta nazorati 
idoralari hamda ularning vakillari tomonidan amalga oshiriladi. 
Amaldagi qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasida valuta 
nazoratini amalga oshiruvchi organlarga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi; O‘zbekiston Respub-
likasi Davlat bojxona qo‘mitasi. 


279
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq valutani 
nazorat qilish vazifasini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar 
valuta nazorati vakillari 
hisoblanadi. 
Vakolat berilgan banklar 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankiga hisobdor bo‘lgan valuta nazorati vakillari hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin