255
Yuqorida sanab o‘tilgan kassa operatsiyalarini tartibga solishning
barcha turlari O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari
tomonidan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasida kassa operatsiyalari O‘zbekiston Res-
publikasi Markaziy bankining 1996-yil 20-apreldagi 5-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «Xalq xo‘jaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibi»
asosida amalga oshiriladi.
Bu tartibga ko‘ra, barcha davlat, kooperativ, aksioner, ijara, dexqon
(fermer xo‘jaliklari), jamoa, xususiy, qo‘shma, jamoat va boshqa korxona,
birlashma, tashkilot va muassasalar (bundan keyin
matnda korxonalar deb
yuritiladi) mulk shaklidan qat’i nazar o‘z pul mablag‘larini bank
muassasalarida saqlashlari lozim.
Korxonalarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha hisob-kitoblari bank
muassasalari orqali faqat naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Bank muassasalaridan olingan naqd pullar korxonalar tomonidan
qaysi maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, shu maqsadda foydalanilishi
lozim.
Korxonalar o‘z kassalarida belgilangan limitlar doirasida naqd
pullarga ega bo‘lishlari va ulardan belgilangan me’yorlarda foydala-
nishlari mumkin.
Kassalardagi naqd pul qoldiqlari limiti va ulardan foydalanish
me’yorlari bank muassasalari tomonidan mazkur korxona rahbarlari bilan
kelishgan holda belgilanadi. Zarur hollarda yuqorida ko‘rsatilgan
limitlar
qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Korxonalar kassalarida belgilangan limitlardan ortiq miqdorda naqd
pullar mavjud bo‘lsa, ular to‘liq bank muassasasiga berilishi lozim.
Korxonalar o‘z kassalarida mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘urta
bo‘yicha nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalar berish maqsadida faqatgina
uch kunlik muddat ichida belgilangan limitdan ortiq bo‘lmagan naqd
pullarni saqlash huquqiga ega.
Korxona, muassasa va tashkilotlarga kelib tushadigan hamda ular
tomonidan beriladigan naqd pullar tegishli ravishda rasmiylashtirilishi
lozim.
Asosiy pul hujjatlari – kirim va chiqim kassa orderlari bo‘lib, ular
boshlang‘ich hujjatlar (shartnomalar, arizalar va boshq) asosida
rasmiylashtiriladi.
Korxona kassasidan boshqa korxona ehtiyojlari uchun naqd pullarni
berish taqiqlanadi. Korxonaga kelib tushadigan yoki sarf qilinadigan
256
barcha naqd pullar kassa daftarida qayd qilinadi. Korxona faqat
bitta
kassa daftarini yuritishi lozim. Kassa daftari nomerlangan va pechat-
langan bo‘lishi lozim.
Budjet muassasalariga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan buxgalte-
riyalarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlan-
gan maxsus kassa daftarlarida kassa operatsiyalari qayd qilinadi. Naqd
pullar berilganida yoki olinganida kassa daftariga tegishli ma’lumotlar
darhol kiritilishi lozim. Har kuni ish kunining oxirida kassir amalga
oshirilgan barcha kassa operatsiyalarini hisoblab chiqadi va keyingi
kunga qolgan naqd pul qoldiqlarini buxgalteriyaga topshiradi.
Kassa daftarining to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazoratni korxona bosh
hisobchisi amalga oshiradi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, kassalarda boshqa
korxonalarga
tegishli bo‘lgan naqd pullarni va boshqa qimmatliklarni saqlash
taqiqlanadi.
Korxona rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda, lekin 3 oyda
kamida bir marotaba, korxona kassasi taftish qilinadi. Taftish olib borish
uchun korxona rahbari tomonidan komissiya tayinlanadi. Taftish
jarayonida korxona kassasida naqd pulning ortiqchaligi yoki kamomadi
aniqlangan hollarda ularning summasi va kelib chiqish
sharoitlari tegishli
hujjatlarga kiritiladi.
Yuqori turuvchi tashkilotlar o‘ziga bo‘ysunuvchi korxonalarda
hujjatli taftishlar olib borish jarayonida korxona kassasini taftish qilishlari
hamda kassa intizomiga rioya etilishini tekshirishlari lozim.
Kassa intizomining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchi-
likda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Bank muassasalari korxonalarning «Kassa operatsiyalarini yuritish
tartibi»ga rioya etishi ustidan tekshirishlar olib boradilar. Budjet muas-
sasalarida esa, bunday tekshiruvlarni tegishli moliya organlari amalga
oshiradi.
Ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida, kassalar va kassa
punktlarining
texnik mustahkamligini, pullarni va boshqa qimmatliklarni
qanday saqlanayotganligini tekshiradilar.
Dostları ilə paylaş: