O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   161
Moliya huquqi

Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar
. Inkasso topshiriqno-
masi mablag‘larni oluvchining bankka to‘lovchi hisobvarag‘idan so‘zsiz 
tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi topshiriqnomasidan 
iborat. Majburiy xususiyatga ega bo‘lgan to‘lovlar shunday tartibda 
undirib olinadi. Qonunchilikda to‘lovlar turi va mablag‘larni so‘zsiz 
tartibda hisobdan chiqarish huquqi berilgan organlar belgilab berilgan. 
Masalan, inkasso topshiriqnomalari 
soliq organlari 
tomonidan soliqlar 
bo‘yicha to‘lovlar va boqimondalar hamda davlat budjetiga boshqa 
majburiy to‘lovlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi budjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni undirib olish 
to‘g‘risida berilishi mumkin. 
Bojxona organlariga 
– muddatida 
to‘lanmagan bojxona to‘lovlari va jarimalarni undirib olish to‘g‘risida, 
sud ijrochilariga 
– ijro hujjatlari bo‘yicha pul mablag‘larini unirib olish 
to‘g‘risida ham shunday huquqlar berilgan va h.k. 
Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha mablag‘larni so‘zsiz hisobdan 
chiqarish ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilib, ularning ro‘yxati 
«Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi nizomning 42-bandida 
berilgan. Ularga, xususan, sudlar tomonidan berilgan ijro varaqalari, 
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati 
berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan chiqarilgan qarorlar
sud buyruqlari, sud ijrochilarining qarorlari va boshqalar kiradi. 


265
Ijro hujjatlari asosida hisobvaraqlardan pul mablag‘larini undirib 
olish uchun inkasso topshiriqnomalari bank tomonidan ijro hujjati asl 
nusxasi yoki uning dublikati ilova qilingan holda bank tomonidan qabul 
qilinadi. Ushbu hujjatlarning nusxalari bo‘yicha hisobvaraqlardan 
mablag‘lar chiqarilishiga ruxsat berilmaydi. 
Inkasso topshiriqnomasi berilishining to‘g‘riligi uchun javobgarlik 
bankka shunday hisob-kitob hujjatini taqdim etgan shaxs zimmasiga 
tushadi. Banklar to‘lovchilarning hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari 
so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga qarshi e’tirozlarni ko‘rib 
chiqmaydi.
Inkasso topshiriqnomalari vakolatli organlar va shaxslar tomonidan: 
bir shahar hisob-kitoblarida – to‘lovchining hisobvarag‘i yuritilayotgan 
bevosita xizmat ko‘rsatuvchi bankka, boshqa shahar hisob-kitoblari 
bo‘yicha esa, faqat xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi.
Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar 
ushbu shaklining asosiy mazmuni shundan iboratki, to‘lovchining 
topshiriqnomasi va uning ko‘rsatmalariga muvofiq ravishda akkreditiv 
ochgan bank (emitent bank) u hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda 
nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda, mablag‘larni 
oluvchiga to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Emitent bank, agar bu bank mablag‘larni oluvchilarga ham xizmat 
ko‘rsatayotgan bo‘lsa, to‘lovchining akkreditiv arizasini mustaqil 
bajarishi mumkin. Bordiyu, mablag‘larni oluvchi boshqa bankda depozit 
(hisob-kitob) hisobvarag‘iga ega bo‘lsa, emitent bank oluvchining pul 
mablag‘lariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka akkreditiv berishi kerak, u 
akkreditivning to‘lanishini amalga oshiradi (ijrochi bank).
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli, agar u to‘lovchi bilan 
mablag‘larni oluvchi o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, 
qo‘llaniladi. Biroq ayrim hollarda hisob-kitoblarning bunday shakli 
tuzatib bo‘lmaydigan to‘lovchilarga nisbatan ta’sir chorasi sifatida 
belgilanishi ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining «1997-yil IV choragida debitorlik va kreditorlik qarzlarini 
qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1997-yil 29-oktabr 488-
qarorida iste’molchilar (tovar olinganidan keyin 60 kun mobaynida) 
to‘lov muddatlarini buzgan holda yetkazib beruvchilar zimmasiga hisob-
kitoblarning faqat akkreditiv shakli bo‘yicha mahsulot berish majburiyati 
yuklanishi nazarda tutilgan. 


266
Akkreditiv ochish uchun sotib oluvchi emitent bankka belgilangan 
shakldagi akkreditiv uchun ariza berib, unda amal qilish muddati, 
to‘lovchining nomi va hisobvarag‘i, emitent bank va ijrochi bank nomi, 
akkreditivning amal qilish muddati, shartnoma raqami, tovar, ishlar va 
xizmatlar nomi hamda «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi 
nizomda nazarda tutilgan boshqa rekvizitlarni ko‘rsatadi. Akkreditiv 
arizaga qo‘shimcha shartlar ham kiritilishi mumkin. 
Hisob-kitoblar to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikda akkreditivlarning 
bir qancha turlari nazarda tutilgan: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin