233
lashgan kredit mablag‘laridan mijozlarga kreditni O‘zbekiston
Respub-
likasi Markaziy banki tomonidan belgilangan foizlarda berishi mumkin.
Banklar va boshqa kredit muassasalari kredit berish orqali olgan
foydalarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar;
ye) bank kreditining ta’minlanganligi tamoyili.
O‘zbekiston Respub-
likasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga binoan
banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko‘char va ko‘chmas mulkni garovga
qo‘yish, kafolat berish, kafillikka olish va majburiyatlar
asosida kreditlar
beradilar.
Amaldagi qonunchilikda banklar ta’minlanmagan kredit berish
haqida qaror qabul qilishlari mumkin. Bu kreditlar «blankli kreditlar»,
ya’ni ehtimolli kreditlar deb ataladi. Blankli kreditlar, qoida bo‘yicha,
bank bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan hamda o‘zining barcha bank
operatsiyalarini mazkur bank orqali amalga oshiradigan mijozlarga
beriladi;
f) bank kreditining maqsadli yo‘naltirilganligi tamoyili.
Bunga ko‘ra
bank krediti ma’lum bir maqsadlar uchun beriladi. Bank kreditining
maqsadga muvofiq foydalanilmaganligi tegishli sanksiyalarni qo‘llashni
keltirib chiqaradi.
Lekin ba’zi hollarda bank krediti maqsadli yo‘naltirilmagan bo‘lishi
ham mumkin. Bunday bank kreditlari juda ozdir.
Banklar – mijozlarga kredit mablag‘lari
sarf qilinadigan tadbirlar
ijobiy samara berishiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, kredit beradi.
Bank krediti berilgandan so‘ng, ularning maqsadga muvofiq foydala-
nilishi ustidan bank nazorati o‘rnatiladi. Agar kreditlar maqsadga muvofiq
foydalanilmayotganligi aniqlansa, bank kreditning qolgan qismini
berishni rad etib, kredit shartnomasini bekor qilishi va berilgan kreditni
muddatidan ilgari qaytarilishini hamda kredit foizlarini to‘lashni talab
qilishi mumkin.
Bank kreditlari muddatiga ko‘ra uchga bo‘linishi mumkin:
a) qisqa muddatli kredit.
Bu kreditlar 12 oygacha bo‘lgan muddatda
beriladi. Qisqa muddatli kreditlarning muddati – kreditlanadigan
tadbirlarni o‘tkazish muddati, ularning o‘zini o‘zi oqlashi
va boshqa
shartlarga bog‘liq bo‘ladi. Bu kreditlar ko‘p hollarda savdo korxonalariga
tovarlar sotib
olish uchun beriladi;
b) o‘rta muddatli kreditlar,
ya’ni bir yildan 5 yilgacha bo‘lgan
muddatga beriladigan kreditdir. Bunday kreditlar
yangi tovarlarni
o‘zlashtirish, texnologik tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan yuqori samarali va
tez o‘zini qoplaydigan
tadbirlarga beriladi;
234
d) uzoq muddatli kreditlar
– 5 yildan ortiq bo‘lgan muddatga beriladi.
Bu kreditlar ishlab chiqarish va obyektlarni qurish, qayta ta’mirlash,
texnik jihatdan qayta ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan
maqsadlarga
beriladi.
Dostları ilə paylaş: