O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 «Bank» tushunchasi va bank operatsiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   161
Moliya huquqi

3. «Bank» tushunchasi va bank operatsiyalari 
Hozirgi zamonaviy bank tizimi g‘arbiy Yevropa va Shimoliy 
Amerika mamlakatlarida XIX asr ikkinchi yarmida tashkil topgan 
bo‘lsada, uning ildizlari o‘rta asrlarga borib taqaladi. «Bank» so‘zi 


227
italyancha «banco» so‘zidan olingan bo‘lib, «almashuv stoli», «pul stoli» 
degan ma’nolarni anglatadi. Ilk «almashuv stol»lari Shimoliy Italiyada 
yuzaga kelgan va o‘rta asrlarda italiyalik savdogarlarni xorij davlatining 
valutasi (puli) bilan ta’minlashga xizmat qilgan. Agar «almashuv stol»lari 
o‘ziga yuklangan vazifalarni bajara olmasa, uning mijozlari mazkur stolni 
bankrot deb e’lon qilishgan.
Bank ishi Yevropa mamlakatlarida ro‘y bergan sanoat to‘ntarishi 
natijasida rivojlana bordi. Tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlarni bajaruvchi 
va xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning moliyaviy holatisiz sanoat 
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas edi. Banklar ba’zi 
tadbirkorlarning bo‘sh qolgan pul (moddiy) mablag‘larini to‘plash va 
unga muhtoj bo‘lgan shaxslarga berish orqali yuzaga keldi. Banklar 
ma’lum bir shaxslarning pul (moddiy) mablag‘larini boshqa shaxslarga 
berishda «vositachi» sifatida xizmat qildi va bu faoliyatdan daromad ola 
boshladi. 
XX asr o‘rtalarida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning internatsiona-
lizatsiyasi boshlanishi bilan, banklarning bir mamlakat miqyosida faoliyat 
ko‘rsatishining samarasizligi ma’lum bo‘lib qoldi. Tijorat banklari valuta 
bozorlarida o‘zlarining operatsiyalarini kengaytirdilar. Keyinchalik 
buning rivojlanishi natijasida xalqaro hisob-kitob operatsiyalari, milliy 
iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qimmatli qog‘ozlar bozori 
yuzaga keldi. 
Sobiq Ittifoq davrida, shu jumladan uning bir bo‘lagi bo‘lgan 
O‘zSSRda ham, bank ishi 1917-yil 27-dekabrda qabul qilingan Dekret 
bilan davlat monopoliyasiga aylantirildi. Tijorat banklari esa, milliy-
lashtirildi. Ularning vazifalari hisob-kitob-budjet boshqarmalariga 
yuklatildi. 1930–1932-yillardagi kredit islohoti natijasida tijorat banklari 
tugatilib, ixtisoslashtirilgan davlat banklari tashkil etildi. Davlat banklari 
mustaqillikka ega bo‘lmay, uning faoliyati ko‘p hollarda ijro etuvchi 
organlarga bog‘liq bo‘lgan. Banklar o‘rtasida hyech qanday raqobat 
bo‘lmagan. Banklar o‘rtasida mijozlar uchun kurash bo‘lmagan. Korxona, 
muassasa va tashkilotlarga qaysi banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilishi 
hokimiyat organlari tomonidan belgilab qo‘yilgan. O‘zSSR bank tizimida 
ham xuddi shunday kamchiliklar mavjud edi. Ular to‘liq Markazga 
bo‘ysunar va ular tomonidan boshqarilar edi. 
O‘zbekiston Rsepublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘zining 
barcha sohalari kabi, bank sohasini ham qayta tashkil etdi. O‘zbekiston 
Respublikasida bank tizimining rivojlanishini ikki bosqichga bo‘lishimiz 


228
mumkin. Birinchi bosqichda zamonaviy bank tizimining asoslari yaratildi. 
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasida 
bank tizimi tubdan o‘zgartirilib, tijorat banklari tashkil etildi (Mazkur 
qonunga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilib, 25-aprel 1996-yilda yangi 
tahrirda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi). 
1994-yil 1- iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasi 
– so‘m joriy etildi. SO‘Mning joriy etilishi bank tizimiga o‘zining ta’sirini 
ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi hududida bank operatsiyalari 
(masalan, hisob-kitoblar) milliy valutada amalga oshirila boshlandi. 1995-
yil 21- dekabrda – O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy banki 
to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun banklarning banki 
hisoblangan – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy 
holatini belgilab berdi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida, boshqa rivojlangan 
davlatlarning bank tizimi singari, ikki pog‘onali bank tizimi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining birinchi pog‘onasini – 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi hududiy boshqarmalari 
tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yagona 
markazlashtirilgan boshqaruv tizimi bo‘lib hisoblanadi. 
Markaziy bank banklarning banki deb ataladi va u O‘zbekiston 
Respublikasi bank tizimining o‘zagini tashkil etadi. Markaziy bank 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal 
agenti (xazina vakili) hisoblanadi. 
Markaziy bank bank sohasidagi markaziy ijro hokimiyati hisoblanadi 
va tijorat banklariga nisbatan, boshqarish vakolatiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining ikkinchi pog‘onasini – 
tijorat banklari tashkil etadi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonunga binoan banklar tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb 
hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan 
yuridik shaxsdir: 
– yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qiladi; 
– qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit beradi yoki 
investitsiyalash uchun foydalanishi mumkin; 
– to‘lovlarni amalga oshiradi. 
Ikki pog‘onalik banklar o‘rtasidagi munosabatlar tomonlarning 
tengsizligi asosida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasida tashkil 


229
etilgan barcha tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankiga bo‘ysunadi. Markaziy bank bank faoliyatini tartibga solishga oid 
me’yoriy aktlarni qabul qiladi. Tijorat banklari o‘rtasidagi munosabatlar 
esa, teng huquqlilik asosida olib boriladi. 
O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan barcha banklar bank 
faoliyatining subyektlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bank operatsiyalari tushun-
chasi berilmagan bo‘lib, faqatgina uning turlari sanab o‘tilgan. 
Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan 
quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: 
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul 
qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash 
uchun foydalanish;
to‘lovlarni amalga oshirish.
(depozit) – talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi 
shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari 
o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda 
yoxud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan 
topshiriladigan pul summasi.
– chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida 
amalga oshiradigan sho‘’ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining 
hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin