majburiy va tashabbusli
bo‘lishi mumkin. Agar
tashabbusli
tekshiruv iqtisodiy subyektning qarori bo‘yicha amalga oshiriladigan
bo‘lsa,
majburiy audit
uning xohish-irodasi va istagiga bog‘liq bo‘lmagan
va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda o‘tkaziladi. Har
yili majburiy audit tekshiruvi:
-
aksiyadorlik jamiyatlari;
63
-
banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug‘urta tashkilotlari;
investitsion va boshqa jamg‘armalar, yuridik va jismoniy shaxslarning
mablag‘lari, ularning boshqaruvchi kompaniyalari;
-
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratma mablag‘lari
ularning asosiy manbalari bo‘lgan xayriya va boshqa ijtimoiy
jamg‘armalar;
-
hosil bo‘lish manbalari qonunchilikda nazarda tutilgan, yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan majburiy ajratma-
lardan iborat bo‘lgan budjetdan tashqari jamg‘armalar; ustav jamg‘ar-
masida davlatga tegishli ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda
o‘tkazilishi shart.
Majburiy auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi sifatida xo‘jalik
yurituvchi subyekt ishtirok etadi. Auditorlik tashkilotini tanlash mulk
egasi, xo‘jalik yurituvchi subyekt qatnashchilari (aksiyadorlari) umumiy
majlisi bilan kelishiladi. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan
bosh tortish xo‘jalik yurituvchi subyektdan eng kam ish haqining ellik
barobari miqdoridagi jarima undirib olinishi hamda uning rahbarining
qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab
bo‘ladi. Jarima to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik
tekshiruvi o‘tkazilishidan ozod etmaydi.
Auditning asosiy prinsipi uning mustaqilligi bo‘lib, bunda asosan
tekshirilayotgan subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risidagi kasbiy
fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida bo‘lishdan uning ozod
ekanligini tushunish lozim. Shu bilan birga, yana shuni hisobga olish
kerakki, audit barcha mamlakatlarda yetarli darajada qattiq tartibga
solinadi.
Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat
aralashib, u audit normasi va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va
auditorlik firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda ularning faoliyati
ustidan nazorat o‘rnatadi. O‘zbekistonda ham xuddi shunday ahvol tarkib
topgan bo‘lib, bu yerda davlat auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol
amalga oshiradi. U moliyaviy qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi
mumkin bo‘lgan muhim korxonalarni ajratib, ularda audit o‘tkazish
majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga (ma’lumoti, malakasi,
imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va boshqalar
bo‘yicha) talablar qo‘yadi.
Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik
va boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi, bunda auditorlar
64
jamoatchilik tashkilotlari tomonidan auditning o‘zini o‘zi boshqarishiga
katta imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir mamlakatda jamoat
tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan,
AQSH va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan
professional jamoat auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi.
Ko‘pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi.
Ularning asosiy vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq
normalari bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish, auditorlar ish-faoliya-
tining sifatini nazorat qilish, auditorlik faoliyati bo‘yicha bilimlarini
attestatsiya qilish va hujjatlar berish hamda auditorlik normalarini buzgan
shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash (bu davlatga xos
xususiyat bo‘lmagan mamlakatlarda) kabilardan iboratdir.
Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, Shvetsiyada, garchi Vakolatli
auditorlar uyushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uyushmasi ishlab turgan
bo‘lishiga qaramasdan, umuman auditorlik faoliyatini tartibga solish
davlat tomonidan amalga oshirilib, bu bizning Respublikamizga ham xos
bo‘lgan xususiyatdir. O‘zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish jihatidan
davlat organlari bilan o‘zaro birgalikda harakat qiladi, ammo uning
auditorlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha asosiy funksiyalari davlat
tomonidan mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi
qonunini amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini
oshirish, soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik
xulosalari hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida so‘nggi vaqtlarda
bizning mamlakatimizda auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibiga
jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, belgilab qo‘yildiki, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot
tuzish ishlari auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan
mikrofirmalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa
nazorat organlari tomonidan majburiy tarzda tegishli auditorlik
tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning
to‘g‘riligi uchun auditorlik tashkiloti javobgar hisoblanadi.
Tartiblar to‘g‘risida bir necha nizomlar tasdiqlangan:
a) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishdan bosh tortganligi
uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirib olish;
b) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashki-
lotlariga litsenziyalar berish.
65
«Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishdan bosh tortganligi
uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirib olish tartibi
to‘g‘risida»gi nizom qonunchilikka muvofiq majburiy auditorlik
tekshiruvi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga
nisbatan amal qiladi.
Jarima solish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy
auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishdan bosh tortishi asos bo‘ladi. Bunda
yillik moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan
keyingi yilning 1 mayiga qadar o‘tkazilishi hamda auditorlik xulosasining
yo‘qligi qoidabuzarlik fakti deb topiladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi subyekt o‘zining yillik moliyaviy yil uchun auditorlik
tekshiruvini hisobot yilining 1 mayiga qadar o‘tkazadi va auditorlik
tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kunlik muddat ichida tegishli soliq
organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan
nusxasini taqdim etadi.
Auditorlik xulosasining nusxasi belgilangan muddatda soliq organiga
topshirilmagan holda, xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu organga yozma
ravishda auditorlik xulosasi yo‘qligi sababini aks ettiruvchi tushuntirishni
taqdim etishi shart.
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bosh tortilganligi
sababli auditorlik xulosasi yo‘q bo‘lgan taqdirda, soliq organi xo‘jalik
yurituvchi subyektga belgilangan tartibda jarima soladi.
Boshqa nazorat organi tomonidan majburiy auditorlik tekshiruvini
o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan soliq organi
tomonidan jarima solish chorasi qo‘llanilmaganligi aniqlangan taqdirda,
tegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan
tartibda javobgar hisoblanadi.
Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining professional xizmat-
laridan tashqari) yangi qonunchilik bo‘yicha auditorlik teshiruvini
o‘tkazish uchun faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lgan
taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik faoliyatini litsen-
ziyalash
– «Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq
olib boriladi.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizenziya berish, uni
berishdan bosh tortish, muddatini uzaytirish, tugatish, bekor qilish,
66
to‘xtatib qo‘yish yoki tiklash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik
tashkilotidan qonunchilikda ko‘rsatilmagan hujjatlarning talab etilishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. Auditorlik tashkilotining hujjatlarini ko‘rib chiqish va
unga litsenziya berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish
muddati litsenziya olish uchun berilgan ariza kelib tushgan va zarur
hujjatlar olingan kundan boshlab 15 kalendar kunni tashkil etadi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya u beriladigan
kundan boshlab besh yil muddatga beriladi. Litsenziya besh yildan kam bo‘l-
gan muddatga faqat auditorlik tashkiloti arizasi bo‘yicha berilishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotidan ariza olingan kundan
boshlab uch kun muddat ichida litsenziya berish yoki bermaslik
to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida uni yozma ravishda xabardor
qilishi shart. Litsenziya berish to‘g‘risidagi xabarnoma litsenzion bitim
loyihasi bilan birga bank hisobvarag‘i rekvizitlari ko‘rsatilgan holda (bu
hisobvaraqqa davlat boji va davlat bojini to‘lash muddati kiritiladi)
auditorlik tashkilotiga jo‘natiladi.
Auditorlik tashkiloti davlat bojini to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatni
taqdim etib, litsenzion bitim imzolanganidan keyin litsenziya beriladi.
Litsenziya berilganligi uchun eng kam ish haqining to‘rt barobari
miqdorida davlat boji undirib olinadi.
Litsenziyalovchi organ hujjatlar tegishli ravishda rasmiylashtiril-
maganligi, hujjatlarda noto‘g‘ri va buzilgan ma’lumotlar borligi hamda
auditorlik tashkilotining litsenziya talablari va shartlariga javob
bermasligi sababli auditorlik tashkilotiga litsenziya berishni rad etishga
haqlidir. Boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga nomuvofiqlik
uchun litsenziya berishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror asoslab berilgan
bo‘lib, rad etish sababi va muddati (ushbu muddat davomida auditorlik
tashkiloti ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib
chiqish uchun taqdim etishi mumkin) ko‘rsatilgan holda auditorlik
tashkilotiga yozma ravishda jo‘natiladi.
Litsenziya berilishini rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni tugatish
uchun auditorlik tashkilotiga 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddat beriladi.
Hujjatlar auditorlik tashkilotidan ariza va barcha zarur hujjatlar olingan
kundan boshlab 10 kun davomida qayta ko‘rib chiqiladi. Auditorlik
tashkilotining arizasini qayta ko‘rib chiqish uchun yig‘im olinmaydi.
67
Litsenziya berilishini rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni tugatish
uchun berilgan muddat tugaganidan keyin auditorlik tashkiloti tomonidan
taqdim etilgan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza yangidan berilgan ariza
hisoblanadi.
Litsenziyalovchi organning qarori ustidan auditorlik tashkiloti
belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |