O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161
Moliya huquqi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ularning xo‘jalik faoliyatini taftish 
qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirish 
tegishli nazorat qiluvchi 
(yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) 
organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks 
tekshiruv davomida amalga oshiriladi. 
Kompleks tekshiruvlar maxsus vakolatli organ tasdiqlagan rejalar 
asosida o‘tkaziladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini 
muqobil tekshirishlar 
jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash 
to‘g‘risidagi qaror asosida yoxud nazorat qiluvchi organlar tomonidan 
maxsus vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirishlar xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga bormasdan turib amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatini muqobil tekshirishlarga ularning tekshirilayotgan 
xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidangina yo‘l 
qo‘yiladi, ulardan muqobil tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan 
moliya-buxgalteriya hujjatlarini yoki boshqa hujjatlarni talab qilib olish 
taqiqlanadi. 
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliya-
tini tekshirishni o‘tkazish muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak. 
Istisno tariqasidagi hollarda, Kengash qarori bilan bu muddat ko‘pi bilan 
30 kunga uzaytirilishi mumkin. 
Tegishli asoslar (tadbirkorlik subyektlari rahbarlari, bosh buxgalterla-
rining yo‘qligi, boshqa asosli sabablar) bo‘lganda tekshirishlar o‘tkazish 
muddatini o‘zgartirishga Kengash qarori bilan, rejali tekshirishlarni ularni 
o‘tkazish imkoni bo‘lmaganligi yoki ularda ayrim nazorat qiluvchi 
organlar hududiy bo‘linmalari ishtirok etishi mumkin bo‘lmaganligi 
sababli birmuncha keyinroq muddatlarga ko‘chirishga esa viloyat 
komissiyalarining qarori bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin. 
Tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirishga Kengash yoki viloyat 
komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ruxsat berilgan nazorat 
qiluvchi organlarning tarkibiy tuzilmalariga ana shu nazorat qiluvchi 
organlar boshqa tarkibiy bo‘linmalarining tadbirkorlik subyektlari 
faoliyatini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlari tegishli nazorat 
qiluvchi organ yuqori bo‘linmasi rahbarining mazkur masala bo‘yicha 
maxsus qarori (buyrug‘i) asosidagina qo‘shilishi mumkin. 
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarga belgilangan 
tartibda ruxsat berilgan bitta nazorat qiluvchi organga boshqa nazorat 


78
qiluvchi organlar, rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda, ular tomonidan 
berilgan buyurtmanoma asosida, Kengash qarori bilan qo‘shilishi 
mumkin.
Kengash yoki uning hududiy bo‘linmalari qarorlari bilan ruxsat 
berilgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni amalga oshirishni nazo-
rat qiluvchi organlar o‘zlarining quyi hududiy bo‘linmalariga topshirishga 
haqli. 
O‘tkazilgan tekshirish natijalariga rozi bo‘lmagan tadbirkorlik 
subyektlari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi 
organlarning yuqori bo‘linmalariga yozma murojaat qilish huquqiga ega. 
Nizoli masalalarga nazorat qiluvchi organlarning yuqori bo‘linmalari 
Kengash yoki uning viloyat komissiyalari bilan qo‘shimcha ravishda 
kelishmasdan turib, faqat tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarida 
ko‘rsatilgan masalalar yuzasidangina aniqlik kiritadilar.
Tadbirkorlik subyektlari ularda o‘tkazish mo‘ljallanayotgan yoki 
o‘tkazilayotgan rejali yoki boshlab yuborilgan rejadan tashqari tekshirish 
haqidagi va ular faoliyatini tekshirishni amalga oshirishga ruxsat olgan 
nazorat organlarining nomi to‘g‘risidagi axborotni Kengash yoki viloyat 
komissiyasining ishchi organlaridan bepul olishga haqlidirlar. Tegishli 
axborotni olish rejasi tekshirishlar to‘g‘risidagi axborotni matbuotda chop 
etish yo‘li bilan ham ta’minlanishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi 
organlari zimmasiga respublika hamda mahalliy budjetlarning, shuning-
dek, qo‘shma budjetda hisobga olinadigan budjetdan tashqari jamg‘arma-
larning mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan muassasalarning moliya-
xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. 
Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va 
boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek Moliya vazirligi tizimida Bosh 
nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahrida nazorat-taftish boshqarmalari faoliyat ko‘rsatadi. 
Ularning asosiy vazifasi bo‘lib budjet jarayonining barcha bosqichlarida 
budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish 
hisoblanadi.
Taftishlarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining 1999-yil 4-yanvardagi 1-sonli Yo‘riqnomasi bilan tartibga 
solinadi. Ushbu normativ hujjat taftishlarning maqsad va vazifalari, ularni 


79
tashkil etish va o‘tkazish, ularning natijalarini rasmiylashtirish hamda 
aniqlangan moliya intizomini buzishlar va kamchiliklarni bartaraf etish 
bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish tartibini belgilaydi.
Taftishning asosiy vazifalari tekshiruv obyektiga qarab farqlanadi. 
Moliya organlarining ish faoliyatini taftish qilish vaqtida quyidagilar 
tekshiriladi: 
-
budjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish va ijro etish tartibiga rioya 
etilishi; 
-
budjetda nazarda tutilmagan chora-tadbirlar uchun sarflangan 
qo‘shimcha xarajatlarning qonuniyligi; 
-
moliya organlari iqtisodiy va nazorat ishlarining ahvoli, budjet 
muassasalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni 
tahlil etish bo‘yicha ishlar, moliya oranlari tomonidan iqtisodiy va nazorat 
ishlari rejasining bajarilishi, yuqori moliya organlari topshiriq, 
vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi; 
-
moliya organi apparatini saqlash uchun xarajatlar smetasining 
ijrosi, moliya organida buxgalteriya hisobining ahvoli va hisobot 
tuzishning to‘g‘riligi; 
-
moliya organlariga moliya organlari xodimlarining xatti-hara-
katlari ustidan kelib tushgan shikoyatlar hamda moliya intizomi 
buzilganligi to‘g‘risida fuqarolardan tushgan ariza va xatlarni ko‘rib 
chiqishga doir ishlarning ahvoli va boshq. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish vaqtida 
mablag‘lar va moddiy boyliklar saqlanishi hamda to‘g‘ri sarflanishi, 
buxgalteriya hisobi va hisobotining to‘g‘riligi, moliya intizomiga rioya 
etilishi tekshiriladi.
Budjet muassasalari taftish qilinayotgan vaqtda smeta hisob-
kitoblarining asoslanganligi, smetalarning ijrosi va mablag‘larning 
maqsadli ishlatilishi, mablag‘larning tejamli sarflanishi va saqlanishini 
ta’minlash, moliya-budjet intizomiga rioya etilishi va buxgalteriya 
hisobini yuritish va hisobot tuzish to‘g‘riligi, budjetdan tashqari maxsus 
mablag‘larni hosil qilish va ularni to‘g‘ri xarajat qilish qonuniyligi 
masalalari va boshqalar tekshiriladi.
Taftishlar o‘tkazish muddatlari va taftishchi guruhlar tarkibi har bir 
taftishning aniq vazifalari hamda taftish qilinayotgan muassasalarning 
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan, oldinda turgan ishlar 
hajmini hisobga olgan holda belgilanadi. Taftishlar va tekshiruvlar 
o‘tkazish muddati 30 kun belgilangan. 


80
Taftish natijasida aniqlangan moliya intizomini buzishlar va ishdagi 
kamchiliklar to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, unga guruh rahbari, 
tekshirilayotgan muassasa rahbari va bosh hisobchi imzo chekadilar. 
Dalolatnoma bo‘yicha e’tiroz yoki boshqa fikrlar yuzaga kelgan holda, 
uni imzolagan rahbar va bosh buxgalter imzo yonida o‘z fikri, qo‘shimcha 
tushuntirishini yozadi hamda dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 
besh kundan kechiktirilmagan holda yozma ravishda tushuntirish xatini 
taqdim etishadi. 
Dalolatnoma bo‘yicha tekshirilayotgan tashkilotning taftish bilan 
aniqlangan faktlarida bevosita aybdor deb hisoblangan boshqa mansabdor 
shaxslari ham, zarur bo‘lgan hollarda esa, ushbu tashkilotda ilgari ishlab 
ketgan rahbar va bosh hisobchi ham (aniqlangan tartibbuzarlik ular 
ishlagan davrga tegishli bo‘lsa) tushuntirish xati beradilar. Tushuntirish 
xatlarida bayon etilgan faktlarning to‘g‘riligi tekshirilishi va ular bo‘yicha 
yozma ravishda xulosa berilishi kerak.
Aniqlangan faktlar bo‘yicha tartibbuzarliklarni bartaraf etish 
yuzasidan, taftish muddati tugashini kutmasdan, zudlik bilan qaror qabul 
qilish yoki suiiste’mollikda aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka 
tortish zarur; bunda alohida dalolatnoma tuziladi, mansabdor shaxslar esa, 
aniqlangan faktlar bo‘yicha zarur bo‘lgan tushuntirish xatlarini berishlari 
shart. 
Oraliq dalolatnomalar kassalarni taftish qilish natijalari bo‘yicha ham 
tuziladi. Bu dalolatnomalar tekshiruvchilar va tegishli mansabdor shaxslar 
hamda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun mas’ul 
bo‘lgan moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Oraliq 
dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan tashkilotning dalolatnomaga 
imzo chekkan mansabdor shaxsiga beriladi. Oraliq dalolatnomada bayon 
etilgan faktlar taftish umumiy dalolatnomasiga kiritiladi. 
Taftish dalolatnomasi bayonida aniqlangan faktlar qat’iy xolisona 
bo‘lishi, tushunarli va aniqligiga rioya etilishi shart. Tekshirilayotgan 
tashkilot moliyaviy faoliyati to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlanmagan 
turli xulosa va taxminlar taftish dalolatnomasiga kiritilishiga ruxsat 
berilmaydi. Taftish natijalari oshkor etilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
va muassasalarga ular haqida axborot beriladi. 
Davlat moliya intizomi bo‘yicha jiddiy tartibbuzarliklar aniqlangan 
yoki davlat mablag‘lari o‘g‘irlangan hamda boshqa suiiste’molliklar sodir 
etilgan hollarda, taftish materiallari tergov organlariga topshiriladi va ayni 
vaqtda tegishli organ rahbari oldiga javobgar mas’ul shaxslarning bundan 


81
keyin egallab turgan lavozimlarida qolish-qolmasligini ko‘rib chiqish 
to‘g‘risidagi masala qo‘yiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin