86
MAXSUS QISM
4-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJETINING
TUZILISHI. BUDJETNI TARTIBGA SOLISH VA BUDJETNI IJRO
ETISH JARAYONI
1. «Davlat budjeti» tushunchasi va tizimi.
2. O‘zbekiston Respublikasi budjetini shakllantirish tartibi.
3. «Budjetdan tashqari jamg‘armalar» tushunchasi va uning huquqiy
mohiyati.
1. «Davlat budjeti» tushunchasi va tizimi
«Budjet» tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
O‘zbekiston mustaqillikka erishib, bozor munosabatlariga o‘tganidan
keyin mamlakat moliya siyosatining mazmuni tubdan o‘zgarib, budjet
tizimini mustahkamlash uning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Hozirgi zamon
sharoitlarida budjet davlat iqtisodiy siyosatining
eng muhim vositasi
bo‘lib bormoqda.
Budjet moliyaviy-huquqiy kategoriyalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan
Konstitutsiyasi hamda 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuniga binoan davlat
budjeti – respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va
mahalliy budjetlardan iborat.
Bundan tashqari, davlat budjeti tarkibida
davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonu-
nining 3-moddasida ilk bor davlat va mahalliy budjetlarga
tushuncha
berib o‘tilgan bo‘lib, bunga ko‘ra
davlat budjeti
–
bu davlat pul
mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘-
larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar
manbalari
va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobay-
nida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va
miqdori nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: