88
iqtisodning rivojlanish darajasiga; korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarda olib boriladigan xo‘jalik usullariga; jamiyat tomonidan hal
qilinadigan iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarga bog‘liq bo‘ladi.
Hujjatlar u yoki bu tadbirlarni budjet hisobidan moliyalashtirish,
budjet mablag‘lari hisobidan organlar va muassasalarni ta’minlash,
daromad manbaini budjet hisobiga o‘tkazish to‘g‘risida so‘z yuritga-
nimizda, budjetning aynan shu jihati nazarda tutiladi.
Huquqiy ma’noda budjet
– tegishli davlat hokimiyatining vakillik
organi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hududning
markazlashgan pul
jamg‘armasini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishning moliyaviy
rejasi hisoblanadi.
Qonun bilan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan budjet – davlatning
asosiy moliyaviy-rejali akti yoki mahalliy bo‘g‘indagi moliyaviy-rejali
akt sifatida namoyon bo‘ladi.
Asosiy moliyaviy reja sifatida budjet quyidagi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega:
a) budjet universal
moliyaviy reja hisoblanib, o‘z ko‘rsatkichlari bilan
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu
universallik xususiyati boshqa moliyaviy rejalarda uchramaydi, chunki
ular tor
doirada harakat qiladi;
b) boshqa moliyaviy rejalarga nisbatan budjet – muvofiqlashtirish
vazifasini bajaradi. Muvofiqlashtirish – budjet ko‘rsatkichi bilan boshqa
moliyaviy rejalar ko‘rsatkichining o‘zaro bog‘liqligi orqali
amalga
oshiriladi. Korxonalarning moliyaviy rejalarida budjetga to‘lanadigan
majburiy to‘lovlar hajmi va budjetdan ajratiladigan mablag‘lar
ko‘rsatiladi.
Taniqli rus olimlari M.V. Karaseva va YU.A. Kroxina budjetning
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tadilar:
budjet
– davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning xarajatlarini
qoplash maqsadida tashkil etiladigan pul mablag‘lari jamg‘armasidir;
budjet
– davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning
moliyaviy rejali
akti bo‘lib, unda ularning daromadlari va xarajatlari ko‘rsatib o‘tiladi;
budjet
– korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning balansi va
smetasi singari moliyaviy reja bo‘lib, u universallik va muvofiqlashtirish
xususiyatiga ega.
Davlat budjet tashkilotlari o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun
kerak bo‘lgan barcha mablag‘larni tegishli budjetning (bo‘ysunuviga
qarab) xarajatlar qismidan oladilar.
89
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha aspektlar budjet
mazmunini boyitib,
to‘ldirib turadi. Budjet bu – davlat hokimiyati organlari funksiyalarini
ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini tashkil etish va xarajat qilish
shaklidir. Bu tushunchadan ko‘rinib turibdiki:
birinchidan
, budjet – bu
pul mablag‘larini tashkil etish va xarajat qilish shakli bo‘lib hisoblansa;
ikkinchidan
, budjet – davlat va mahalliy hokimiyat organlarining
funksiyalarini ta’minlaydi.
Budjet mablag‘larni tashkil etish va xarajat qilish shakli sifatidagi
moliyaviy-rejali aktni – budjetni huquqiy shaklda
tuzish bilan aralashtirib
yubormaslik lozim, huquqiy shaklda budjetni tuzish – yuridik akt sifatida
namoyon bo‘ladi. Bu qonun yoki davlat hokimiyati vakillik organining
qarori sifatida bo‘lishi mumkin. Budjet to‘g‘risidagi yuridik akt budjet-
ning o‘zidan farq qiladi. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi budjeti
to‘g‘risidagi qonunchilikda faqat budjetning asosiy ko‘rsatkichlari
ko‘rsatib o‘tiladi.
Har qanday kategoriyaning, shu jumladan budjetning mohiyati uning
vazifalarida namoyon bo‘ladi. Budjet keng moliyaviy kategoriya
bo‘lganligi sababli, unga moliyaning barcha vazifalari xosdir. Shu o‘rinda
budjetning quyidagi asosiy vazifalarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
milliy daromadni qayta taqsimlash; iqtisodni tartibga solish; budjet
sohasini moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga
oshirish; markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armalarini tashkil etish va
foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.
Budjet ommaviy-huquqiy kategoriya bo‘lib, normativ tarzda
mustahkamlanadi va davlat (ma’muriy-hududiy tuzilmalar) manfaatlarini
amalga oshirishda xizmat qiladi. Shu sababli
ham bu sohadagi ijtimoiy
munosabatlar imperativ me’yorlar bilan tartibga solinadi.
Demak,
Dostları ilə paylaş: