90
turlari hamda boshqa daromadlar kiradi. Xarajatlar qismi esa budjet
mablag‘laridan foydalanishning aniq miqdori va yo‘nalishlarini nazarda
tutadi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida davlat budjeti taqchillik
bilan, ya’ni xarajatlar daromadlardan oshishi bilan qabul qilina boshladi.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, budjet taqchilligi iqtisodiy o‘sishning
nihoyatda jiddiy to‘sig‘i bo‘lib qolishi mumkin,
chunki u inflatsiya
jarayonlari kuchayishi, davlat qarzlari o‘sishi, umuman davlat moliyalari
holatining barqaror bo‘lmasligining bosh omillaridan biridir. Shu sababli
budjet taqchilligi davlat tomonidan qattiq
nazoratga olinib, barqaror bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan doiralarda
belgilanadi. Davlat budjeti taqchilligini eng kam darajaga keltirish:
boshqaruv xarajatlarini qisqartirish hisobiga budjet xarajatlarining
o‘sishini qat’iy cheklash; farqli davlat ijtimoiy himoya tizimini belgilash,
dotatsiyalarning har xil turlari va narxlarning subsidiyalanishini tugatish,
markazlashtirilgan mablag‘larni moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlarini
rivojlantirish uchun qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga
oshirishga ajratish yo‘li bilan erishiladi.
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari to‘planib,
ularga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika
yo‘l jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining
davlat mulkini boshqarish maxsus hisobvarag‘i hamda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi kiradi.
Mustaqillik yillarida davlat budjeti mablag‘laridan funksional
foydalanish
anchagina kengaydi, budjet daromadlarini yo‘naltirish
uslublari va ularni xarajat qilish yo‘nalishlari, davlat budjetini ijro etish
tartibi katta o‘zgarishlarga uchradi.
Budjet mablag‘larini to‘plashning asosiy uslubi – bu to‘g‘ri va egri
soliqlar, resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i, infratuzilmani
rivojlantirish
uchun olinadigan soliqlardir.
Biroq budjetning daromad qismini shakllantirishda soliq to‘lovlari
rolining oshirilishi tadbirkorlarga soliq yuki kuchayganini anglatmaydi.
Aksincha, soliq stavkalari, xususan, daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha
stavkalar yuridik shaxslar asosiy qismi uchun yildan-yilga anchagina
kamaytirib borilmoqda (masalan, 1998- yilgi 35 foizdan 2006-yilda 12
foizga tushirildi). Bundan tashqari, hozir amal qilayotgan qonunchilik
bo‘yicha belgilangan barcha soliqlar to‘lab bo‘linganidan
keyin qoladigan
91
daromadlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarining, davlat korxonalarining
ixtiyorida bo‘ladi. Bu esa tabiiy ravishda ularning o‘z faoliyati
natijalaridan manfaatdorligini oshiradi. Sobiq Ittifoq davlatida davlat
budjeti daromadlarining asosiy qismi korxonalar foydasining eng ko‘p
qismi (o‘rtacha 85 foizi)ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish hisobiga
shakllantirilgan va bu bilan ularni yuqori ishlab chiqarish
va samarali
xo‘jalik-moliyaviy faoliyatiga ijobiy ta’sir etishdan mahrum etgan.
Tub iqtisodiy islohotlar sharoitlarida budjet mablag‘larini oqilona
taqsimlash hamda ularni davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishlariga
yo‘naltirishda davlat budjetining roli nihoyatda muhimdir. Ushbu
mablag‘lar maqsadli davlat dasturlarini moliyalashtirish, iqtisodiyotdagi
yangi tuzilmaviy yo‘nalishlar va, xususan, eksportga mo‘ljallangan va
import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish uchun
foydalaniladi. Budjet mablag‘lari agrosanoat kompleksi, kichik va o‘rta
biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqa sohalarga yo‘naltiriladi.
O‘tish davrida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va, xususan,
jamiyatning davlat yordamiga eng ko‘p darajada muhtoj bo‘lgan
a’zolarini qo‘llab-quvvatlashda davlat budjetining roli kattadir. Davlat
budjetida yildan-yilga aholini ijtimoiy himoyalashga oid chora-tadbirlar
uchun xarajatlar maxsus maqsadlarga yo‘naltirilmoqda. Masalan, bolali
oilalar va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar, aholiga ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatilishi uchun belgilangan
narxlardagi farqlarni budjet hisobidan qoplash.
Mamlakat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishda
davlat budjeti rolini yanada oshirish ko‘p darajada budjet qonunchiligini
takomillashtirish va budjet huquqini rivojlantirish bilan bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: