O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161
Moliya huquqi

Budjet huquqi tamoyillari. 
Budjet huquqi asosida nazariy asoslan-
tirilgan va normativ mustahkamlangan boshlang‘ich g‘oyalar (fikrlar, 
talablar), ya’ni budjet huquqi tamoyillari turadi. Shu bois ularni quyida-
gicha tasniflash mumkin: 
1.Normativ mustahkamlangan manbasiga ko‘ra
:
– 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan o‘rnatilgan ta-
moyillar; 
– byujet qonunchiligi bilan o‘rnatilgan tamoyillar. 
2.Harakat doirasiga ko‘ra
:
– budjet huquqining barcha institutlari doirasida harakat qiluvchi 
(umumiy) tamoyillar; 
– budjet huquqi ma’lum bir institutlari doirasida harakat qiluvchi 
tamoyillar. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan o‘rnatilgan budjet 
huquqi tamoyillariga: 
-
budjet faoliyati sohasidagi barcha subyektlarning tengligi tamoyili
-
mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet faoliyatining musta-
qilligi tamoyili; 
-
hokimiyatning bo‘linish tamoyiliga asoslangan holda budjet 
faoliyati sohasidagi vazifalarning (vakolatlarning) taqsimlanishi tamoyili; 
-
davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalar budjet faoliyatida fuqaro-
larning ishtiroki tamoyili va boshqalarni kiritishimiz mumkin. 
Budjet huquqining konstitutsiyaviy tamoyillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 
bevosita harakat me’yorlari hisoblanadi. Boshqa barcha budjet huquqi 
tamoyillari budjet qonunchiligida ko‘rsatib o‘tilgan yoki uning 
mazmunidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 


98
Budjet huquqining barcha institutlari doirasida harakat qiluvchi 
(umumiy) tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
– budjet munosabatlarining har yili yuzaga kelishi tamoyili; 
– budjet huquqi subyektlarining budjet huquqi va majburiyatlarining 
doimiyligi tamoyili; 
– 
O‘zbekiston Respublikasi, ma’muriy-hududiy tuzilmalar budjet 
siyosatini muvofiqlashtirish tamoyili
– O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi barcha bo‘g‘inidagi bud-
jetlar daromadlari va xarajatlari guruhlanishining yagonaligi tamoyili va 
boshq. 
Budjet huquqi tamoyillarini harakat doirasiga ko‘ra budjet huquqi 
institutlari bo‘yicha bo‘lib chiqishimiz mumkin. Jumladan: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin