99
budjetlarning xazina ijrosi;
budjet jarayonining har yili takrorlanishi;
kassalarning yagonaligi.
Davlat budjeti tuzilishi va budjet tizimi tushunchasi.
Budjet
tuzilishining mazmuni masalasi bo‘yicha adabiyotlarda turli fikrlar
aytilgan edi. Bunda ayrim hollarda budjet tuzilishi tushunchasi noto‘g‘ri
ravishda toraytirilib, budjet tizimi tushunchasiga tenglashtiriladi. Aslida
esa, ushbu tushunchalar o‘rtasida katta farq bor.
Budjet tizimi deganda,
mamlakat hududida amal qiluvchi barcha budjetlar majmui tushuniladi,
budjet tuzilishi esa, budjet tizimining tashkil etilishi, uni tuzish
prinsiplari, bu tizim ayrim bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadan iborat.
Davlatning budjet tuzilishi budjetlarning turlari, ularning
har biri
yo‘nalishi (budjet tizimi), budjetlar ayrim turlari o‘rtasida daromadlar va
xarajatlar taqsimlanishi, ular funksiyalarining prinsiplari, vakolatli va
ijroiya hokimiyati markaziy va mahalliy organlarining vakolatlarini
belgilab beradigan yuridik normalarga asoslanadi. Demak, o‘z
mazmuniga ko‘ra budjet tuzilishi tushunchasi budjet tizimi tushunchasiga
nisbatan ancha keng ekan. Bizning Respublikamiz budjet qonunchiligida
esa, ushbu teng bo‘lmagan tushunchalar o‘rtasida
tenglik belgisi
qo‘yilgan bo‘lib, «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun 4-moddasidagi ta’rif
bunga dalil bo‘la oladi. Unga muvofiq budjet tizimi turli darajalardagi
budjetlar majmui bo‘lib, budjetlarni tuzishni tashkil etish va prinsiplari,
ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan iborat. O‘zbekiston Respublika-
sining hozir shakllanish bosqichida turgan budjet qonunchiligini yanada
takomillashtirish jarayonida ko‘rsatilgan qarama-qarshilikni ko‘rib
chiqilayotgan ikki noteng tushunchalarni aniq ajratib olish yo‘li
bilan
bartaraf etish zarur. Bu nafaqat nazariy, balki nihoyatda muhim bo‘lgan
amaliy ahamiyatga ham egadir, chunki budjet tuzilishi tushunchasi davlat
budjet siyosatining asosiy elementlarini ko‘p jihatdan belgilab
beruvchi
dastlabki nuqtadir.
Jahon amaliyotida
Dostları ilə paylaş: