102
budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilishiga muvofiqligi;
turli darajalardagi budjetlarning o‘zaro aloqasi;
davlat budjetining balanslanganligi (muvozanatlashtirilgan bo‘li-
shi);
davlat daromadlarini aniq manbalar bo‘yicha va xarajatlarini
yo‘nalishlar (moddalar) bo‘yicha rejalashtirish;
davlat budjetidan xarajatlarni tasdiqlangan budjet ajratmalari
doirasida
amalga oshirish;
barcha darajalardagi budjetlarning mustaqilligi.
Budjet tizimining ko‘rsatilgan prinsiplari mamlakat respublikamiz
budjet qonunchiligida birinchi marta mustahkamlangan bo‘lib, bu uning
normal ishlashi uchun juda katta ahamiyatga ega. Ammo budjet tizimi
prinsiplarini shunchaki sanab o‘tish (O‘zbekiston budjet qonunchiligida
shunday qilingan) ularning mazmunini aniqlab olish imkonini bermaydi.
Demak, ularni subyektiv talqin qilish imkoniyatini inkor etib bo‘lmaydi,
zeroki bunday talqin ularning asl mazmunini hamma vaqt ham to‘liq aks
ettiravermaydi.
O‘zbekiston Respublikasi budjet qonunchiligida mustahkamlangan
budjet tizimi prinsiplari asosan umumqabul qilingan nazariyalarga va
boshqa davlatlar qonunchilik amaliyotiga to‘g‘ri keladi.
Biroq ular
muayyan aniqliklar kiritilishini talab qiladi.
Avvalambor, bu
budjet tasnifi, hisob yuritish – budjet hujjatlari va
budjet jarayoni tizimining tuzilish birligi prinsipiga taalluqlidir. Mazkur
holda budjet tizimining umumiy tan olingan prinsipidan biri mazmu-
nining ayrim elementlari ko‘rsatilgan. Gap
budjet tizimi birligi
prinsipi
haqida ketayotgan bo‘lib, bunda huquqiy baza, budjet tasnifi, budjet
hujjatlari shakllari, budjet jarayoni prinsiplari, pul tizimi birligi hamda
davlat budjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda hisob
yuritish, hisobot va nazorat bo‘yicha
yagona tartib amal qilishi
tushuniladi. Demak, budjet tasnifi, hisob yuritish-budjet hujjatlari va
budjet jarayoni tizimining tuzilish birligi
Dostları ilə paylaş: