O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   161
Moliya huquqi

budjet tizimi birligi 
prinsipini 
amalga oshirishning muhim kafolati bo‘lib, u mustaqil prinsip hisob-
lanmaydi. 
Budjet tizimi birligi hamma vaqt barcha darajalardagi budjetlarning 
o‘zaro harakatiga asoslanib, tartibga soluvchi manbalardan foydalanish, 
maqsadli va mintaqaviy budjet jamg‘armalarini tashkil etish va ularni 
qayta taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Shu sababli O‘zbekiston 


103
Respublikasi budjet tizimining mustaqil prinsipi sifatida o‘z mohiyat-
e’tibori bilan 
budjet tizimi birligi 
prinsipi mazmuni elementlaridan biri 
bo‘lgan turli darajalardagi budjetlarning o‘zaro aloqasini ajratish to‘g‘ri 
bo‘lmasa kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunida 
mustahkamlangan 
barcha darajalardagi budjetlar mustaqilligi 
prinsipi 
yetarlicha obyektiv asosga ega emas. Bu yerda gap shundaki, O‘zbekiston 
budjet tizimining bo‘g‘inlari to‘liq mustaqil bo‘la olmaydi, chunki 
mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlab berilgan budjet tuzilishi 
barcha budjetlarning yagona davlat budjetida birlashuvini nazarda tutadi. 
Budjet tizimi bunday darajadagi mahalliy budjetlarining o‘z 
daromadlari manbalaridan foydalanish va xarajat qilish yo‘nalishlarini 
belgilash huquqi ularning mustaqilligi mezoni bo‘la olmaydi. Budjetlar, 
ulardan har birining xarajatlarini to‘la qoplaydigan o‘z daromad 
manbalariga ega bo‘lgan taqdirdagina, mustaqil bo‘lishi mumkin. 
Tartibga soluvchi daromad manbalaridan ajratmalar mahalliy budjetlar-
ning o‘z daromadlari emas. Ular yuqori budjetdan o‘z daromadlari 
yetmagan holda budjetni tartibga solish tartibida beriladi va bunda 
tartibga soluvchi manbalardan ajratmalarning aniq miqdori har yili 
o‘zgaradi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. Mahalliy budjetlar to‘liq mustaqil bo‘la olmasligi haqida 
«Budjet tizimi to‘g‘risida»gi norma ham dalolat beradi, unga asosan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga cheklovlar 
nazarda tutilgan (24-modda). Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi budjeti va mahalliy budjetlarini qabul qilish va ijro etishda: 
qonunchilikda nazarda tutilmagan manbalar hisobidan jamg‘armalar 
tashkil etish; yuqori budjetlardan budjet ssudalarini olishdan tashqari, 
qarzlar olish; boshqa shaxslar foydasiga budjet mablag‘lari hisobidan 
moliyaviy kafolatlar va topshiriqnomalar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Budjetlar mustaqilligi prinsipi Rossiya Federatsiyasi budjet tizimiga 
xos bo‘lib, u federal budjet, federatsiya subyektlari budjetlari va mahalliy 
budjetlarning alohida ajratilganligi, buning natijasida davlat yagona pul 
jamg‘armasini tashkil etish va undan foydalanish asosiy moliyaviy rejasi 
hisoblangan Rossiya davlat budjetining mavjud bo‘lishdan to‘xtashidan 
iborat obyektiv sabablar bilan bog‘liqdir. Shu boisdan bu prinsip Rossiya 
Federatsiyasi Budjet kodeksida to‘la asosli ravishda mustahkamlab berildi 
(31-modda).


104
Budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy 
tuzilishiga muvofiqligi prinsipiga ham ayrim tuzatishlar kiritilishi zarur 
deb o‘ylaymiz. «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda budjet tuzilishiga 
ta’rif berilmagan va faqat taxmin qilish mumkinki, bu holda qonun 
chiqaruvchi budjet tizimini nazarda tutgandir. Avval qayd etilganidek, 
budjet tuzilishi bilan budjet tizimi tushunchalari o‘rtasida katta farqlar 
mavjud bo‘lib, shu boisdan «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda 
mustahkamlab berilgan ta’rifdan foydalanish va 
budjet tizimining 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi 
prinsipi 
haqida gapirish mumkin. Bu prinsip budjet tizimi tuzilmaviy 
tarkibi to‘liqligini anglatadi va davlatda mavjud bo‘lgan ayni mana shu 
budjetlarning amal qilishi asoslanganligini ko‘rsatadi. 
Bizning respublikamiz budjet qonunchiligida mustahkamlangan 
budjet tizimining juda muhim prinsipi davlat 
budjetining balanslanganligi 
prinsipi 
(muvozanatlashtirilgan bo‘lishi)dir. Bu prinsip shuni anglatadiki
budjetda nazarda tutilgan xarajatlar hajmi budjet daromadlari va uning 
taqchilligini moliyalashtirish manbalaridan kelib tushadigan tushumlar 
yig‘indisi hajmiga muvofiq kelishi lozim. Budjet jarayonini amalga 
oshirishda davlat vakolatli organlari davlat budjeti taqchilligi miqdorini 
eng kam darajaga keltirish zaruratidan kelib chiqishlari shart. 
Agar budjetni ijro etish jarayonida taqchillikning chegara doirasidan 
oshish yuz bersa yoki budjet daromad manbalaridan tushumlar kamayib 
ketsa, jahon amaliyotida xarajatlar 
sekvestri 
mexanizmi qo‘llaniladi. 
Sekvestrning mohiyati shundan iboratki, joriy moliya yilining qolgan 
vaqti davomida budjetning barcha moddalari bo‘yicha har oyda davlat 
xarajatlari muayyan foizlarga (5, 10, 15 va h.k.) mutanosib ravishda 
pasaytirib boriladi. Odatda, sekvestr vakolatli organlar tomonidan 
ularning vakolatlari doirasida belgilanadigan ro‘yxatning himoyalangan 
moddalariga nisbatan qo‘llanmaydi.
Bir qancha mamlakatlar budjet qonunchiligida, jumladan Rossiya 
Federatsiyasi Budjet kodeksida budjet tizimining boshqa prinsiplari ham 
mustahkamlangan bo‘lib, ular o‘zining muayyan obyektiv asoslariga 
egadir. Bu budjetlarning daromadlari va xarajatlarini to‘liq aks ettirish
budjetlar oshkoraligi prinsiplaridir. Ular jumlasiga Budjet tizimi darajalari 
o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni taqsimlash, budjet mablag‘larining 
kimga va qanday maqsadga yo‘naltirilishi va boshqa prinsiplar ham 
kiradi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Budjet kodeksida nafaqat 


105
budjet tizimi prinsiplari ro‘yxati mustahkamlanibgina qolmasdan, ulardan 
har birining mazmuni ham berilgan. 
Yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplar bizning respublikamiz budjet 
qonunchiligini yanada takomillashtirish jarayonida hisobga olinishi 
mumkin bo‘lgani uchun ularning asosiy mohiyatini ko‘rib chiqamiz. 
Budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari va 
xarajatlarini to‘la aks ettirish prinsipi 
shuni anglatadiki, budjetlar, davlat 
budjetdan tashqari jamg‘armalarining barcha daromadlari va xarajatlari 
hamda mamlakatning soliq qonunchiligi va budjet qonunchiligi bilan 
belgilangan boshqa majburiy tushumlar ularda majburiy tartibda va to‘la 
hajmda aks ettirilishi shart. Davlatning barcha xarajatlari budjet 
mablag‘lari, budjet tizimida to‘plangan budjetdan tashqari davlat 
jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Oshkoralik prinsipi 
budjet loyihalari bo‘yicha qarorlarni ko‘rib 
chiqish va qabul qilish jarayonlari hamda qabul qilingan budjetlar asosiy 
ko‘rsatkichlari va ularning ijrosi ahvoli to‘g‘risidagi axborot, ma’lumotlar 
jamiyat uchun majburiy tartibda oshkor etilishini nazarda tutadi.
Budjet tizimi darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni 
chegaralash prinsipi 
daromadlarning tegishli turlari (to‘liq yoki qisman) 
budjet tizimining u yoki bu darajalariga hamda xarajatlarni amalga 
oshirish bo‘yicha vakolatlar markaziy organlar va davlat hokimiyati 
mahalliy organlariga berilishini anglatadi.
Budjet mablag‘larining kimga va qanday maqsadga yo‘naltirilishi 
prinsipi 
shundan iboratki, budjet mablag‘lari ularni oluvchilar ixtiyoriga, 
ulardan foydalanish aniq maqsadlari ko‘rsatilgan holda, ajratiladi. Budjet 
mablag‘larining nazarda tutilgan shaxslarga va budjetda belgilangan 
maqsadlarga yo‘naltirilishini buzishga olib keladigan har qanday harakat 
budjet qonunchiligini buzish hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin