107
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan
mahalliy soliqlar mahalliy budjetlarga to‘liq o‘tkaziladi (7-modda).
Bizning respublikamiz budjet qonunchiligiga muvofiq, odatda, yer osti
boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv
resurslaridan foydalan-
ganlik uchun soliq kabi umumdavlat soliqlari turli darajadagi budjetlar
o‘rtasida taqsimlanmaydi va ular to‘la hajmda respublika budjeti yoki
mahalliy budjetlar hisobiga o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar kengashi, viloyatlar hoki-
miyatlari moliya organlarining takliflari bo‘yicha mahalliy soliqlar qaysi
darajadagi
budjetga, jumladan yuqori budjetga, to‘la hajmda o‘tkazilishini
belgilaydilar. Turli darajadagi budjetlarga ajratmalar normativlari
belgilangan va mahalliy budjetlarga to‘la hajmda o‘tkazilishi kerak
bo‘lgan umumdavlat soliqlari soliq to‘lovchi
joylashgan shahar, tuman
hududidagi mahalliy budjetga kelib tushadi.
Turli darajalardagi budjetlarga ajratmalar normativlari belgilanmagan
va to‘la hajmda respublika budjeti hisobiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
umumdavlat soliqlari, soliq to‘lovchi qaysi shahar, tuman hududida
joylashgan bo‘lishiga qaramasdan, ushbu budjetga kelib tushadi.
Amaldagi qonunchilik bilan daromadlarni biriktirib, mustahkamlab
qo‘yish tizimi o‘zini to‘la oqlaydi, chunki ayrim budjetlarni tuzish
texnikasi soddalashadi, bu u yoki bu darajadagi budjet tizimiga to‘liq
kelib tushadigan daromadlar ro‘yxati oldindan ma’lum bo‘lishi bilan
bog‘liqdir.
Bundan tashqari, mahalliy organlarning budjet mustaqilligi
ortib bormoqda.
Biroq biriktirib qo‘yiladigan daromadlar ro‘yxatini belgilashda
davlatning butun budjet tizimi faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sirini
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bir qancha omillarni hisobga olish zarur.
Xususan, daromadlarni taqsimlashda ayrim budjetlarda ortiqcha daro-
madlar hosil bo‘lib, qolganlarida ularning yetishmasligi, ya’ni
nomutanosiblik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Masalan,
sanoat rivojlangan hududlarda yuridik shaxslardan daromad yoki foyda
solig‘i bo‘yicha kelib tushadigan tushumlar hajm jihatidan anchagina
ko‘p, shu sababli ulardan qat’iy biriktirib qo‘yiladigan daromad sifatida
foydalanish mahalliy budjetlar daromadlarini
taqsimlashda nomutano-
siblikka olib kelishi mumkin. Daromadlarni qat’iy biriktirib qo‘yish
prinsipi budjet tizimining turli darajalari (respublika budjeti bilan
mahalliy budjetlar) o‘rtasida ularni qayta taqsimlash imkoniyatidan
mahrum etadi. Holbuki daromadlarni bunday qayta
taqsimlash obyektiv
108
zarurat bo‘lib, bizning davlatimiz budjet tizimining birligi bilan
belgilanadi.
Budjetlarning
Dostları ilə paylaş: