122
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari va xarajatlari
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy
budjetlar o‘rtasida chegaralanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi
makroiqtisodiy rivojlanish parametrlari loyihasi bilan nazarda tutilgan
tadbirlarni moliyalashtirishni ta’minlash vazifalari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining umumdavlat ahamiyati-
dagi tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish darajasidan kelib
chiqiladi. Davlat budjeti loyihasini tuzish jarayoni O‘zbekistonning
amaldagi budjet qonunchiligi normalarida aniq-ravshan belgilab
berilgan
bir necha ketma-ket bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ularga:
budjet so‘rovini jo‘natish;
tegishli hududlar budjetlari hamda maqsadli davlat jamg‘armalari
so‘rovlari va loyihalarini berish;
davlat budjeti va budjetnomalari loyihasini tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda
keyingi moliya yili uchun
budjet so‘rovini
quyidagilarga jo‘natadi:
a) respublika budjetidan moliyalanadigan budjet mablag‘larini
oluvchilarga – ular uch kun davomida budjet buyurtmalarini tuzish
bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida buyruq chiqaradi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar
hokimiyatlari va Toshkent shahar hokimiyatiga – ular tomonidan tegishli
hududlar budjetlari loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga taqdim etish uchun.
Ayni vaqtda budjet so‘rovi davlat maqsadli jamg‘armalarini
taqsimlovchi organlarga ham davlat maqsadli jamg‘armalari tegishli
budjetlari loyihalarini tayyorlash uchun jo‘natiladi.
Budjet so‘rovini olgach, respublika budjetidan budjet mablag‘larini
oluvchilar
budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish uchun ariza
(buyurtma)
tuzadilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimiyatlari va Toshkent shahar hokimiyati esa, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo‘yicha
tegishli hududlar budjetlari loyihalarini
tuzadilar. Bu loyihalar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1)
daromadlar bo‘yicha
– soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa
majburiy to‘lovlar kontingenti hamda Davlat budjetiga boshqa
daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblar tegishli mintaqalar va daromadlarning
har bir turi bo‘yicha alohida tuziladi.
123
2)
xarajatlar bo‘yicha
– ko‘rsatkichlar ro‘yxati, uning asosida budjet
mablag‘larini oluvchilar budjetdan ajratilgan mablag‘larni olish uchun
buyurtmalar tuzishi kerak, yana tarmoqlar,
shtatlar va kontingentlar
bo‘yicha ko‘rsatkichlar tuziladi.
Budjetdan ajratiladigan mablag‘larni oluvchilar budjetdan malag‘lar
ajratilishi uchun buyurtmalarni belgilangan muddatlarda tegishli moliya
organlariga taqdim etadilar. Demak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
mahalliy budjetlardan moliyalanadigan budjet mablag‘larini oluvchilar
buyurtmalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimiyatlari va Toshkent shahar hokimiyati moliya
boshqarmalariga joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirilmagan holda,
respublika budjetidan moliyalanadiganlar esa, O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirilmagan holda
jo‘natadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hoki-
miyatlari va Toshkent shahar hokimiyati, davlat maqsadli jamg‘armalarini
taqsimlovi organlar keyingi moliya yili uchun mo‘ljallangan tegishli
budjetlar loyihalarini tuzadilar va ularni O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan tartib va muddatlarda, ammo joriy yilning
birinchi iyulidan
kechiktirilmagan holda taqdim etadilar.
Respublika budjetidan mablag‘lar oluvchilarning arizalariga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti loyihasini
tayyorlaydi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar budjetlari loyihalari hamda davlat maqsadli jamg‘ar-
malari budjetlari loyihalari ko‘rib chiqilishini hisobga olib, keyingi
moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasini
tuzadi. Bu loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) budjet tasnifiga muvofiq ravishda aks ettiriladigan Davlat
budjetining daromadlari va xarajatlari;
2) tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga
ajratiladigan mablag‘lar normativlari hamda ko‘rsatilgan budjetlar
daromadlari (budjet dotatsiyalari, subvensiyalar bilan birga)
va xarajatlar
miqdori;
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar budjetlarining aylanma kassa miqdorlari;
124
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zahira jamg‘arma-
lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
budjetlari zahira jamg‘armalari miqdorlari (tegishli budjetlar mablag‘lari
nazarda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun yo‘naltirilishi mumkin
bo‘lgan doirada);
5) davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori va uni
moliyalashtirish manbalari;
6) davlat ichki va tashqi qarzlari, davlat tomonidan beriladigan
kreditlar, kafolat jamg‘armasining cheklangan miqdori.
Davlat budjeti loyihasini tuzgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi vakolatli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda
tegishli tashkilotlar bilan
birgalikda
Dostları ilə paylaş: