118
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini shakllantirish va ijro etishning
asosiy qoidalarini belgilaydigan normalar berilgan. Mazkur normalarni
rivojlantirishda maxsus normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan bo‘lib, u
davlat budjetini tuzish va ijro etishni tartibga soladi. Gap O‘zbekiston
Respublikasi davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari to‘g‘risida
ketayapti. Davlat budjeti bir xil bo‘lgan, doimiy yangilanib boruvchi
shakllanish va ijro etish bosqichlarini davriy ravishda o‘tib boradi. Budjet
davriyligi uning budjet to‘g‘risidagi huquqiy hujjat qabul qilingan
muddat
davomida amal qiladi, bu muddat tugaganidan so‘ng keyingi muddat
uchun budjet to‘g‘risidagi yangi hujjat qabul qilinadi. Budjet to‘g‘risida
chiqarilgan hujjat amal qilgan muddat bir yilni tashkil etadi va u
budjet
yili
deb ataladi.
Bizning mamlakatimizda budjet yili kalendar yilga to‘g‘ri keladi,
ya’ni u 1 -yanvardan boshlanib, 31-dekabrda tugaydi. Turli davlatlarda
parlament sessiyalarining har xil vaqtda o‘tkazilishi natijasidagi farqlar,
tarixiy an’analar va boshqa sabablarga ko‘ra budjet yili bir xil
boshlanmaydi. Masalan, u Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiyada – 1-
yanvardan, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanadada – 1-apreldan,
Shvetsiya, Norvegiya, Pokistonda – 1-iyuldan, AQShda – 1-oktabrdan
boshlanadi.
«Budjet yili» tushunchasi bilan birga, «budjet davri» tushunchasi ham
mavjud bo‘lib, u rejalashtirilayotgan davr uchun
budjet tuzishdan boshlab
to uni ijro etish to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlanguniga qadar bo‘lgan vaqt
oralig‘ini o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda budjet davri uch yilga yaqin
vaqt davom etadi va u bizning respublikamizda budjet jarayonining
umumiy davomiyligini tashkil etadi. Budjet davri bir-biri bilan ketma-ket
o‘rin almashadigan budjet jarayonining bir necha bosqichlarini o‘z ichiga
qamrab oladi. Moliya huquqiga oid adabiyotlarda budjet jarayonining
bosqichlari to‘g‘risida turlicha fikrlar mavjud bo‘lib, ayrim hollarda to‘rt
bosqichga, boshqa hollarda besh bosqichga ajratiladi. Ammo, bizning
fikrimizcha, bu holat prinsipial xususiyatga ega emas, chunki asosiysi
budjet jarayonining barcha elementlari ajratilayotgan
bosqichlarda aks
ettirilsa, yetarlidir. Bundan tashqari, u yoki bu mamlakat budjet
qonunchiligida budjet jarayonining an’anaviy ravishda hyech qachon
ko‘rib chiqilmagan bosqichlari ham mustahkamlangan bo‘lishi mumkin.
Masalan, O‘zbekiston budjet qonunchiligida davlat budjeti ko‘rsat-
kichlarini budjet mablag‘larini oluvchilarga yetkazish bosqichi nazarda
tutilgan.
119
Bizning respublikamizda budjet jarayoni quyidagi bosqichlardan
tarkib topgan:
1) budjetni tuzish, ko‘rib chiqish va qabul qilish;
2) budjetni budjet mablag‘larini
oluvchilarga yetkazish;
3) budjetni ijro etish va uning ijrosini nazorat qilish;
4) budjetni ijro etish to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va tasdiqlash.
Budjet jarayonining tarkibiy qismi budjetni tartibga solish – davlat
budjet tizimi darajalari o‘rtasida mablag‘larni qayta taqsimlashdan iborat.
Budjet jarayoni asosida muayyan prinsiplar mavjud bo‘lib, butun
davlat budjet tizimining barqaror va samarali ishlashi uchun ularga qat’iy
rioya etilishi zarur. Shu sababli budjet jarayoniga budjet tizimi uchun xos
bo‘lgan:
Dostları ilə paylaş: