O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Budjetni tartibga solish tushunchasi va uslublari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   161
Moliya huquqi

Budjetni tartibga solish tushunchasi va uslublari. 
Budjet tizimi 
daromadlarini taqsimlashning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi 
davlat budjeti daromadlarini alohida budjetlar o‘rtasida shunday qayta 
taqsimlashdan iboratki, ulardan har biri o‘ziga ajratilgan barcha 
xarajatlarni qoplaydigan mablag‘lar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Bu 
vazifani 
budjetni tartibga solish 
hal etib, bunda 
har bir quyi budjet 
daromadlari va xarajatlarini muvozanatga keltirish maqsadida davlat 
budjeti mablag‘larini har yili rejali qayta taqsimlash jarayoni 
tushuniladi. 
Budjetni tartibga solish turli uslublar yordamida amalga oshirilib, ular 
orasida 
tartibga soluvchi manbalardan mablag‘lar ajratish uslubi 
eng 
muhim uslub hisoblanadi. Budjetni tartibga solish uslubining ahamiyati 
shu bilan belgilanadiki, biriktirilgan daromadlar yetmagan taqdirda, ayni 
mana shu uslub yordamida har bir budjet daromadlari va xarajatlarini 
muvozanatga keltirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning katta qismi 
beriladi. Tartibga soluvchi manbalardan mablag‘lar ajratish yo‘li bilan 
quyi budjetlarni muvozanatlash imkoniyati bo‘lmagan holda, budjetni 
tartibga solishning boshqa uslublari qo‘llanadi: 
a) yuqori budjetlardan 
quyi budjetlarga budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalarini berish; b) 
budjet ssudalarini ajratish.
Tartibga soluvchi manbalardan mablag‘lar ajratish uslubi. 
Budjet 
tizimi har bir darajasi daromadlari va xarajatlarini balanslash uchun 
tegishli budjetlarga umumdavlat soliqlaridan mablag‘lar ajratishni 
tartibga solish rejasi tuziladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
budjetlari loyihalari daromad qismini belgilash uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi 


112
tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahar budjetlariga umumdavlat soliqlaridan ajratmalarni tartibga solish 
rejasi tuzilib, unda quyidagilar belgilanadi: 
1) tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan respublika budjeti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
budjetlariga ajratmalar normativlari va summalari; 
2) respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyat-
lar va Toshkent shahar budjetlariga biriktirib qo‘yilgan umumdavlat 
soliqlari ro‘yxati va hajmi; 
3) respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga biriktirib qo‘yilgan mahalliy 
soliqlar va yig‘imlar ro‘yxati va hajmi. 
O‘z tarkibida boshqa quyi mintaqa budjetiga ega bo‘lgan har bir 
mintaqa budjeti uchun tartibga solish rejasi tuziladi. U har yili keyingi 
moliya yili uchun budjetlar loyihalari tuzilayotgan vaqtda ishlab chiqiladi 
va moliya yili tugashi bilan o‘z kuchini yo‘qotadi. 
Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar 
va Toshkent shahar budjetlariga tartibga soluvchi umumdavlat soliqlari 
ro‘yxati va ulardan ajratmalar ro‘yxatini belgilash to‘g‘risidagi takliflar 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. 
Qabul qilingan davlat budjetiga asosan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga tartibga soluvchi 
umumdavlat soliqlari ro‘yxati va ulardan ajratmalar ro‘yxati belgilanadi.
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan respublika (Qoraqalpo-
g‘iston) va viloyatga qarashli tumanlar va shaharlar budjetlariga 
ajratmalar normativlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar 
va Toshkent shahar budjetlariga soliqlarning o‘zidan ajratmalar norma-
tivlaridan oshirilmagan miqdorda belgilanadi. 
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlar budjetlariga ajratmalar normativlari viloyatga qarashli shahar 
budjetiga soliqlarning o‘zidan ajratmalar normativlaridan oshirilmagan 
miqdorda belgilanadi. 
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan tumanga qarashli shahar-
lar budjetlariga soliqlardan ajratmalar normativlari viloyatga qarashli 
tuman budjetiga soliqlarning o‘zidan ajratmalar normativlaridan oshiril-
magan miqdorda belgilanadi. 


113
Dotatsiya 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin