109
davlat tomonidan dotatsiyalar, subvensiyalar shaklida
yordam berish;
davlat qarzlarini to‘lash (so‘ndirish) va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foizlar
to‘lash va boshq. Bir qancha mamlakatlarda bu xarajatlar asosan odatdagi
budjet deb ataladigan yoki joriy xarajatlar va daromadlar budjetida aks
ettiriladigan sarf-xarajatlarga to‘g‘ri keladi.
Kapital xarajatlarga
davlat ehtiyojlari uchun asosiy jamg‘armalar va
mablag‘larni olish, qayta ishlab chiqarish (bunga ular bilan bog‘liq
xarajatlar va xizmatlar ham kiritiladi), davlat ehtiyojlari uchun chet
davlatdan yer va boshqa mulkni olish hamda yerga egalik huquqi va
boshqa nomoddiy aktivlarni olish uchun sarflanadigan xarajatlar kiradi.
Budjet tizimi kapital xarajatlarining katta qismini investitsiya faoliyati
uchun xarajatlar tashkil etadi. Ular tasdiqlangan investitsion dasturlarga
muvofiq amalda ishlab turgan yoki yangi tashkil etilayotgan korxonalarga
investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar moddalarini o‘z ichiga
oladi.
Budjetlar xarajatlari
mablag‘larni berish shakllariga
qarab
quyidagilarga bo‘linishi mumkin: budjet muassasalarini saqlash uchun
ajratiladigan mablag‘lar; davlat kontraktlari bo‘yicha tovarlar uchun,
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar
uchun haq to‘lashga ajratiladigan mablag‘lar; joriy budjet transfertlari;
kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga – budjet
transfertlari; mahalliy budjetlarga – budjet dotatsiyalari, subvensiyalari va
ssudalar; davlat maqsadli jamg‘armalariga –
budjet dotatsiyalari va
ssudalari; davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va to‘lash bo‘yicha mablag‘lar
va h.k.
Budjet tizimi xarajatlari tarkibi budjetlar darajasiga qarab muayyan
farqlarga ega bo‘lib, bu umumdavlat va mintaqaviy ko‘lamda hal
etiladigan vazifalarning bir-biriga mos kelmasligi bilan bog‘liq. Shu bilan
birga, O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimiga xos bo‘lgan xarajat-
larning asosiy yo‘nalishlarini ajratish mumkin. Budjet qonunchiligiga
muvofiq, ularga quyidagilar uchun ajratiladigan xarajatlar kiradi:
fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fizkultura va sport;
ijtimoiy ta’minot;
aholini
ijtimoiy himoyalash;
mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
sud va prokuratura organlari ish faoliyatini ta’minlash;
davlat zahiralari va yo‘naltiriladigan zahiralarni tashkil etish va
saqlash;
110
davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respub-
likasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari va missiyalari
faoliyatini ta’minlash;
iqtisodiyot turli tarmoqlari budjet tashkilotlarini saqlash;
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat maqsadli
dasturlari va chora-tadbirlarini amalga oshirish va boshqalar uchun
xarajatlar.
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin
budjet tizimi
xarajatlarining yangi moddalari vujudga keldi. Ular faqat suveren davlat
uchun xosdir. Xususan, bu davlat mudofaa qobiliyati va milliy
xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi
diplomatik vakolatxonalari va missiyalarini saqlash, tashqi qarzlar
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shular jumlasidandir.
Barcha darajalardagi budjetlar xarajatlari yangi moddalarining yuzaga
kelishi bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida kuchli ijtimoiy
siyosatning amalga oshirilishi bilan ham bog‘liq. Bu xarajatlar jumlasiga
aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha chora-tadbirlar uchun
ajratiladigan
xarajatlar kirib, ular bolali oilalar va kam ta’minlangan oilalarga berila-
digan nafaqalar hamda budjet hisobidan aholiga ijtimoiy ahamiyatdagi
xizmatlarga qo‘yiladigan narxlardagi farqlarni qoplashni o‘z ichiga oladi.
Budjet tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o‘rtasida
taqsimlanib, bu u yoki bu xarajatni muayyan budjetga (respublika budjeti
yoki mahalliy budjetga) kiritilishini anglatadi. Bunda ikki belgi shunday
taqsimlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu,
birinchidan
, moliya-
lashtirilayotgan muassasalarning respublika va mahalliy organlarga
qarashli bo‘lishi,
ikkinchidan
, moliyalashtirilayotgan tadbirning
ahamiyatidir. Respublikaga qarashli budjet tashkilotlari bo‘yicha fan,
madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport uchun xarajatlar
respublika budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi, mahalliy budjet
tashkilotlari bo‘yicha esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va
mahalliy budjetlar hisobidan moliyalashtiriladi. O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinadigan davlat maqsadli dasturlari va
chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar hamda mudofaa,
milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun sarflanadigan xarajatlar, ularning
davlat uchun alohida muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli,
respublika budjetiga kiritiladi. Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan
111
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar va
chora-tadbirlarni amalga oshirish mahalliy budjetlar hisobidan mablag‘
bilan ta’minlanadi.
Mahalliy budjetlar xarajatlari viloyat, tuman, shahar budjetlari
o‘rtasida chegaralanadi. Bunday taqsimlash asosida amaldagi qonunchilik
bilan mustahkamlangan, har bir aniq budjet tomonidan tegishli ma’muriy-
xo‘jalik tuzilma, mahalliy xo‘jalikning
barcha ehtiyojlariga xizmat
ko‘rsatish prinsipi yotadi.
Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va
mahalliy budjetlar xarajatlari budjet qonunchiligiga muvofiq ravishda
chegaralanadi.
Dostları ilə paylaş: