96
bundan tashqari, unda O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining
batafsil tartiboti berilgan. Qonun, xususan, davlat budjetini tuzish
prinsiplari va tuzilmasini, uni tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro
etish tartibini belgilaydi. Shuningdek, unda davlat budjeti
daromadlarini
shakllantirish va xarajatlarini amalga oshirish, hisob-kitoblar va hisobot
tartibi hamda davlat budjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga
oshirishni nazorat etish prinsiplari mustahkamlangan.
Budjet huquqining maxsus manbalari qatoriga O‘zbekiston
Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan «Davlat
budjetining G‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi qonuni ham kiradi. Ushbu
qonun
davlat budjetining g‘azna ijrosi tushunchasini va uning asosiy
prinsiplarini, maxsus vakolatli moliyaviy organ va uning Qoraqal-
pog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, tuman va shaharlardagi bo‘linmalari-
ning vazifalarini belgilab beradi. Mazkur normativ hujjat davlat
budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritish
va davlat budjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashning,
G‘aznachilikning boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro
munosabatining qonuniy asoslarini o‘rnatadi.
Shuningdek, budjet huquqining manbalariga umumiy xususiyatdagi
ayrim qonunchilik hujjatlari, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining «Vazir-
lar Mahkamasi to‘g‘risida»gi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi,
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunlari
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi-
ning 2006- yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
prognozi va davlat
budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 2005-yil 27-dekabr qarorida ham
budjet huquqining juda muhim normalari mavjud. Ayni shu qarorlar bilan
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining asosiy parametrlari
belgilanadi va tegishli moliya yiliga Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyat va Toshkent shahri budjetlari daromadlar va xarajatlar hajmi,
respublika budjetidan beriladigan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalar
hajmi, umumiy davlat
soliqlari tushumlari, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlari bo‘lgan eng kam miqdorlari; ijtimoiy sug‘urtaga
majburiy badallar, ajratmalar miqdorlari va Respublika yo‘l jamg‘arma-
siga ajratiladigan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahka-
masining boshqa qarorlarida belgilab berilgan.
Budjet huquqi manbalarining eng ko‘p sonli guruhini Moliya
vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari tashkil etadi. Ularga, masalan,
97
Ijtimoiy sohalar tashkilotlari bo‘yicha budjetdan mablag‘lar ajratishning
har yilgi bazaviy normativlarini belgilash to‘g‘risida nizom,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlariga budjet ssudalarini berish va olingan budjet
ssudalarini to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari va boshqalar kiradi.
Ma’lumki, budjet huquqi moliya huquqining bo‘limi sifatida o‘z
ichiga ikki institutni oladi: budjet tuzilishi va budjet jarayoni. To‘g‘ri,
ayrim manbalarda qayd etilgan holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmaydi,
ammo budjet huquqi normalari moddiy va protsessual normalarga tasnif
qilingan vaqtda, inobatga olinadi.
Dostları ilə paylaş: