Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Tushunchani ta’riflang.
2. Tushunchalar uchun ko‘rsatilgan quyidagi belgilarning qaysi biri muhimligini
aniqlang:
2.1. talonchilik – belgilari: o‘zganing mulkini talon-taroj qilish, ochiqdan-ochiq
kechasi sodir etilganligi, zo‘rlik ishlatish orqali, pana joyda, fuqaro S.ni talon-taroj
qilganligi;
2.2. Aristotel – belgilari: qadimgi grek mutafakkiri, mil. old.384 yilda tug‘ilgan,
Aleksandr Makedonskiyning ustozi, mantiq fanining asoschisi, Afinada o‘zining
shaxsiy maktabini tashkil qilgan.
3. Quyidagi tushunchalarni umumlashtiring:
– «xonadon o‘g‘irligi», «kriminalistika», «IIV Akademiyasining 1-bosqich 12-
guruh tinglovchisi».
4. Quyidagi tushunchalarni chegaralang:
– «fan», «jinoyat», «huquq», «davlat», «inson».
5. Berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini tekshiring:
5.1. tushuncha – narsa haqidagi fikr;
5.2. qonun – insonning xatti-harakatini tartiblashtirishga qaratilgan qoida;
5.3. advokat – jinoiy ish bo‘yicha sudda himoyachi sifatida ishtirok etuvchi
shaxs;
5.4. falsafa – ijtimoiy fan.
6. Quyidagi misollarda bo‘lish amallarining to‘g‘ri bajarilganligini tekshiring:
6.1. huquq normasi – gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan iborat;
6.2. koinot jismlari – yulduz, sayyora, oy va boshqalar;
6.3. jinoyatlar qasddan sodir etilgan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, harbiy va
xo‘jalik jinoyatlariga bo‘linadi;
6.4. hukmlar ayblovchi, oqlovchi va asoslanmagan hukmlarga bo‘linadi.
7. Keltirilgan tushunchalarning hajmiga ko‘ra turlarini aniqlang:
«Toshkent shahri», «jinoiy javobgarlik», «militsioner», «armiya», «brigada»,
«yulduz», «avtotransport o‘g‘irligi», «ajina», «alvasti», «farishta».
8. Keltirilgan tushunchalarning mazmuniga ko‘ra turlarini aniqlang:
«tadbirkor», «adolat», «vijdon», «janub-shimol», «jinoyat-jazo», «millatchi»,
«aqlsiz», «jonli hujayra», «haykaltarosh».
58
9. Quyidagi tushunchalar o‘rtasidagi munosabatni Eyler doirasida ko‘rsatib
bering:
9.1. huquqbuzar (A), balog‘at yoshiga yetmagan (V);
9.2. bosh prokuror (A), prokuror (V), huquqshunos (S);
9.3. qonuniy (A), qonuniy emas (A emas);
9.4. do‘stlik (A), dushmanlik (V).
Dostları ilə paylaş: |