O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

 
 
 
K I R I SH 
Insoniyat azaldan muayyan qonuniyatlar doirasida harakat qilgan. 
Nafaqat inson, balki butun borliq, xoh u tabiat hodisalari, xoh inson anglay 
olmaydigan sirli olam bo‘lsin, doimo o‘ziga xos mantiqiylikka ega 
bo‘lgan. Hech bo‘lmaganda insonning o‘zi bu hodisalar taraqqiyotiga 
mantiqiy izohni topishga harakat qilgan. 
Xullas, inson va uning atrofida sodir bo‘layotgan barcha hodisa
jarayonlar ham, inson tafakkurining taraqqiyoti ham hamisha muayyan 
mantiqiylikka bo‘ysungan 
Shu o‘rinda, ko‘p yillardan buyon mantiq ilmini o‘zining darslik va 
o‘quv qo‘llanmalarida targ‘ib qilib kelayotgan olimlardan biri 
V. I. Kirillov
1
tabiat, jamiyat va inson munosabatlari o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorliklarda obyektiv va subyektiv mantiqiylik borligini to‘g‘ri ajratib 
berganligini alohida e’tirof etishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki 
haqiqatan ham atrofimizda sodir bo‘layotgan hodisalar, qolaversa 
tafakkurimizda kechayotgan jarayonlar ham ma’lum bir mantiqiylikka ega 
ekanligini doimo his qilib turamiz. 
Mazkur kitobda barcha mantiqiy aloqadorliklar amal qiluvchi 
muayyan qoida haqida emas, aynan tafakkur mantig‘i haqida fikr 
yuritiladi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, gap eng avvalo, 
tafakkur qonunlari va shakllarini o‘rganuvchi formal mantiq deb ataluvchi 
fan haqida bormoqda. 
Tahlillarimiz davomida an’anaviy hisoblangan formal mantiqni, uning 
hozirgi noan’anaviy bo‘lgan ramziy mantiq singari boshqa yo‘nalishlari 
bilan bir qatorda o‘z nufuzini yo‘qotmaganligini, aksincha, jamiyatimiz 
taraqqiyotining hozirgi o‘zgarishlarga boy murakkab islohotlar davrida 
mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi keng bo‘lgan ertangi kun 
mutaxassislarini tarbiyalashda yanada dolzarb ahamiyat kasb 
etayotganligini ko‘rsatishga harakat qilganmiz. 
Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, bizga O‘zbekistonning 
istiqboli va istiqloli haqida qayg‘urishga, o‘zining va o‘z xalqining, 

Кириллов В.И. Логика. – М., 2004. – С. 5.
3


vatanning qadr-qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilishga, yuksak 
g‘oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og‘ushida mehnat qilishga, 
iste’dodi, bor imkoniyatlarini, kerak bo‘lsa jonini yurt istiqboli uchun 
eliga baxshida etishga da’vat etuvchi mustaqillik tafakkuriga ega bo‘lgan 
yoshlar kerak
2

Aynan shu ma’noda, mantiqiy va izchil fikrlovchi mutaxassis sifatida 
huquqni muhofaza qilish idoralari xodimini tayyorlashda mazkur kursning 
va unda taqdim qilinadigan turli xil mantiqiy o‘yin va mashqlarning 
yordami katta bo‘ladi, chunki tinglovchilar bu masalalarni tahlil qilish 
jarayonida o‘zida to‘g‘ri fikrlash, qonun-qoidalariga amal qilish 
ko‘nikmalari shakllanishining muayyan ilmiy-nazariy va me’yoriy 
asoslarini yaratishlari muqarrardir. 
2
Qarang:
 Каримов И. А. Ватан саждагоћ каби муќаддасдир. Т.3. – Т., 
1996. – 34-б.
4



Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin