2-mavzu. MANTIQ FANI RIVOJLANISHINING ASOSIY
BOSQICHLARI
• Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakllanishi
• O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda mantiq ilmining rivojlanishi
• Yangi davr (XVII – XIX asrlar) va hozirgi zamon mantiq ilmi
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari
1. Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakllanishi
Mantiqqa oid dastlabki fikrlar Qadimgi Gretsiya va Hindistonda
paydo bo‘lgan bo‘lib, Aristotel nomi bilan bog‘liq. Grek mantig‘i G‘arbiy
va
Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va O‘rta Osiyo xalqlarining keyingi
rivojlanishda o‘zlashtirilgan bo‘lsa, hind mantig‘i esa Xitoy, Yaponiya,
Tibet, Mongoliya, Seylon va Indoneziyada keng tarqalgan. Shu bois
mantiq ilmining
tarixi haqida gap ketganda, dastavval ikkita katta maktab,
ya’ni hind mantig‘i hamda qadimgi grek mantig‘i maktablari ko‘rsatiladi.
Hind mantig‘i dastlab fan sifatida emas, balki hind falsafasining
tarkibiy qismi sifatida shakllangan. Shuning uchun ham hind mantig‘ining
tarixi buddizm, braxmanizm, nyaya, vaysheshika, sankxya, yoga, vedanta,
chorvaka hamda lokayata kabi falsafiy maktablarning tarixi bilan bog‘liq
hisoblanadi.
Manbalarda keltirilishicha, hind mantig‘ining rivojlanishi
to‘rt davrga bo‘linadi:
1) ilk Budda mantig‘i (ko‘p sonli silligizus) miloddan avvalgi VI – V
asrlardan to milodiy II asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi;
2) Nyaya va Vaysheshika mantiq maktablari ( mil. III – V asrlar);
3) Dignaga va Dxarmakirti mantig‘i (mil. VI – VIII asrlar);
4) taxminan VIII – XVII asrlarni o‘z ichiga oluvchi davr.
5
Hindistondagi turli maktablar o‘rtasida falsafiy bahslarning avj olib
borishi notiqlik san’atining rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu esa, o‘z
navbatida, mantiq ilmining dastlabki bosqichi bo‘lmish ilk Budda
mantig‘ida notiqlik mahorati, uning qonun-qoidalari
hamda usul va
vositalari shakllanishiga olib keldi.
Jumladan, ushbu mantiqda nutqqa ko‘p e’tibor berilib, uning chiroyli,
izchil va mukammal bo‘lishining shart-sharoitlari ham batafsil tahlil
5
Маковельский А.О. История логики. – М., 1967. – С. 35.
19
qilingan. Bundan tashqari, dastlabki Hind mantig‘ida besh, yetti hatto o‘n-
qismli sillogizmlar (Gautama) haqida ta’limotlar ham yaratilgan.
Hind mantig‘ining keyingi bosqichi Nyaya va Vaysheyshika
maktablari bilan bog‘liq bo‘lib, unda mantiq ilmi garchi tizimlashmagan
qisqa aforizmlar shaklida bo‘lsa-da, mustaqil
fan sifatida birinchi bor
Nyaya maktabida o‘z ifodasini topadi. Nyaya maktabi qarashlari jihatidan
Vaysheshika falsafiy maktabiga yaqin bo‘lib, Vedalarning mavqeini inkor
etmaydi, lekin hayot haqiqatlarini zabt etishning asosiy sharti va usuli
sifatida mantiq va uning qonun-qoidalarini ko‘rsatadi. Nyaya maktabining
asoschisi Gautama «Nyaya sutra» deb nomlanuvchi besh kitobdan iborat
asarining dastlabki qismlarida bahs olib boruvchi
tomonlar uchun amal
qilinishi lozim bo‘lgan bahslashish san’ati qonunlarining muayyan tartib-
qoidalarini ko‘rsatib o‘tadi. Nyaya maktabining «asosiy yodgorligi» deb
hisoblangan mazkur kitobda, asosan, dunyoni bilish vositalari sifatida
kategoriyalar keltiriladi.
Unda dunyoni bilishning dastlabki manbai «sezgi» deb e’tirof etiladi.
Bilishning obyekti bo‘lib hamma narsalar, hatto voqelikda bo‘lmagan
xayoliy narsalar ham xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, Nyaya
mantig‘ida haqiqat va unga erishish yo‘llari
sifatida isbotlash, sillogizm,
xulosa hamda haqiqat yo‘lidan chalg‘ituvchi yolg‘onni asoslash, sofistika
kabi masalalar har tomonlama o‘rganiladi. Masalan, xulosa uch turga
bo‘lib o‘rganiladi:
Birinchisi, sababdan oqibatga boruvchi xulosa,
Dostları ilə paylaş: