haqiqatning
mezoni
–
amaliyotga o‘tishini ilmiy ko‘rsatib berishga
muyassar bo‘lgan ekan.
Shu bilan birga, Demokrit asoslarida muayyan mantiqiy qonunlar ham
tahlil qilinadi. Jumladan, Demokrit o‘zining «hech bir narsa sababsiz
paydo bo‘lmaydi, hamma narsa muayyan sabab
va zarurat hisobiga paydo
bo‘ladi» degan qoidaviy tezisi orqali asos qonunini antologik asosda
tushuntirib berishga muvaffaq bo‘ladi.
Demokritning mantiq ilmiga qo‘shgan yana bir katta qissasi induktiv
va analogik xulosaning dastlabki asoslarini yaratib bera olganligidadir.
Demokritning induktiv mantig‘i keyinchalik Epikur maktabining vakillari
tomonidan rivojlantiriladi. Shuningdek, Demokritning
mantiqiy
ta’limotlari Aristotel hamda F. Bekonning mantiqiy
tizimlariga sezilarli
ta’sir ko‘rsatgan.
Mantiq ilmining rivojlanishida yana bir yunon mutafakkiri Suqrot
(mil. old.469–399y.) ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Suqrotning ijodida
birinchi o‘ringa uslub masalasi chiqadi. Mazkur usul haqiqiy bilimlarga
umumiy tushunchalar orqali erishish mumkinligini isbotlovchi g‘oyaga
asoslanadi. Suqrot haqiqiy bilimni erishilishi lozim bo‘lgan vazifa deb
biladi. Shuning uchun ham Suqrot falsafani haqiqatga aylangan bilim
emas,
balki donishmandlikni sevish, haqiqatni izlash yo‘lida unga
erishishga intilish, deb izohlaydi. Shu o‘rinda Suqrot «Men faqat hech
nima bilmasligimni bilaman» degan tarixiy iborani aytadi. Suqrot o‘zini
haqiqiy bilim egasi deb bilmasa-da, lekin unga erishuvchi usulning sohibi
ekanligiga ishongan.
Suqrot tavsiya etgan usulga ko‘ra, induksiya va definitsiya mantiqiy
amallari asosida bahslashuvchi tomonlar munozara
qilinayotgan mavzuni
real hayotga yaqin misollar bilan bog‘lash, to‘ldirish va ularning nisbatini
taqqoslash orqali haqiqiy bilimga erishishlari mumkin.
Suqrot suhbatdoshi bilan og‘zaki bahslashuv davomida juda ko‘p
yangi va ishonarli mantiqiy usullarni yaratgan o‘z davrining eng mashhur
mutafakkiri bo‘lgan. Uning mantiqqa oid ilmiy merosini Aflotun, Yevklid,
Fedon, Antisfen va Aristipp kabi shogirdlari o‘zlarining asarlarida keyingi
avlodga yetkazishga harakat qilishgan.
Aflotun
(mil. old. 428 – 347 y.)
o‘zining
«Fedon»,
«Davlat»,
«Parmenid», «Teetet», «Sofist» kabi dialoglarida Suqrotning mantiqiy
usullaridan foydalangan hamda ularga asoslangan holda o‘z mantiqiy
tizimini yaratgan. Jumladan, Suqrotning umumiy tushunchalar
narsalarning mohiyatini belgilashi haqidagi ta’limotidan kelib chiqqan
Aflotun umumiy tushunchalarni inson subyektidan tashqari bo‘lgan va
24
moddiy olamga bog‘liq bo‘lmagan, o‘z-o‘zicha mavjud «mutlaq g‘oya»
darajasiga ko‘taradi. Aflotunning ta’limotiga ko‘ra, g‘oyalar birlamchi,
abadiy va o‘zgarmas bo‘lib, ular «haqiqiy borliqni» ifodalovchi o‘ziga xos
olamni yaratadi. Shuning uchun ham haqiqat va bilimni hissiy idrok va
sezgilardan emas, aynan sof tushunchalar va g‘oyalardan izlash lozim.
Aflotun dialektikasi tushunchalar haqidagi ta’limot bo‘lib,
uning
asosiy usuli esa tushunchalarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Unda
tushunchalarni shakllantirish amali Suqrotning induksiya va aniq hayotiy
misollarni keltirish usullariga asoslangan holda amalga oshirilgan.
Aflotun tushunchalarning hajmi va mazmuniga ko‘ra turlarga
bo‘linishini hamda ularning o‘rtasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan
sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan munosabatlarni muayyan bir tizim
sifatida tasvirlab, piramidaning eng yuqori cho‘qqisiga «g‘oyalar
g‘oyasini» qo‘yadi. Barcha tushunchalarni umumiy juft kategoriyalarga
birlashtiradi. Ular jumlasiga «borliq va yo‘qlik», «aynanlik va tafovut»,
«harakat va tinchlik», «birlik va ko‘plik», «miqdor va sifat» kabi
kategoriyalar kiradi.
Aflotun «Fedon» va «Davlat»
deb nomlanuvchi asarlarida
ziddiyatsizlik va yetarlicha asos qonunlari haqidagi fikrlarni rivojlantiradi.
Jumladan, «Fedon»da ziddiyatsizlik qonuni quyidagicha tushuntiriladi:
«Har qanday muayyan bir alohidalikka ega bo‘lgan narsa, ayni bir vaqtda
va ayni shu munosabatda bir-birini istisno etuvchi ziddiyatli
xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin emas»
7
. Aflotun bu prinsipning
to‘g‘riligini bir necha hayotiy misollarni keltirish yo‘li bilan isbotlaydi.
Aflotun o‘zining yana bir «Parmenid» deb ataluvchi asarida ayniyat
qonunining mohiyatini haqiqiy borliqning doimiy va o‘zgarmasligiga
aynan mos keluvchi haqiqiy g‘oyada, deb biladi. Ayni bir vaqtda
tafovutlardan batamom xoli bo‘lgan alohida bir butunlikning bo‘lishi
mumkin
emasligini va aksincha, o‘zaro bir-birini taqozo qiluvchi qarama-
qarshi tomonlarning bo‘lishi mumkinligini ham e’tirof etadi.
Aflotunning tafakkur shakli sifatida hukm tahliliga oid fikrlari
ko‘proq «Sofist» va «Teetet» asarlarida keltiriladi. Masalan, Aflotun
ijodining dastlabki davrida tushuncha tafakkurning elementar shakli deb
atalgan bo‘lsa, «Teetet»da hukm tushunchalar asosida tuzilgan yangi birlik
sifatida izohlanib, o‘zining mantiqiy-grammatik tuzilishiga ko‘ra
ega va
kesimning o‘rnida kelgan subyekt va predikatdan iborat bo‘lgan
tasdiqlovchi yoki inkor turlariga bo‘lingan. Mazkur asarda keltirilishicha,
7
Dostları ilə paylaş: