yolg‘on. Yoki «Barcha ayblanuvchilar himoyachi olish huquqiga ega»
hukmi chin bo‘lib, «Ba’zi ayblanuvchilar himoyachi olish huquqiga ega
emas» hukmi esa yolg‘ondir.
Fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslik nozidlik qonunini
quyidagi hollarda to‘g‘ri ifodalaydi, jumladan, agar narsa yoki hodisada
bir belgi tasdiqlanib, boshqa bir belgi inkor etilsa, u holda hukmlar
o‘rtasida ziddiyat bo‘lmaydi. Masalan: «Ahmad tinglovchi» va «Ahmad
sportchi emas» hukmlari o‘rtasida ziddiyat mavjud emas, chunki mazkur
hukmlarda gap turli narsa yoki hodisalar haqida bormoqda. Shuningdek,
agar bizning bir odam haqida tasdiqlab yoki inkor etib aytgan fikrimiz
turli vaqtlarda amalga oshganligini e’tiborga olsak, u holda ham fikrda
ziddiyat bo‘lmaydi. Masalan, «Anvar tinglovchi» yoki «Anvar tinglovchi
emas» degan ikki hukm ham chin bo‘lishi mumkin, chunki gap bu yerda
Anvar faoliyatining turli davrlari haqida bormoqda. Fikrlash obyekti turli
munosabatlarda ifodalanganda ham ziddiyatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Masalan, «IIV tinglovchisi Salimov jinoyat kodeksini yaxshi biladi»
deganimizda, haqiqatan ham uning bilimlari tinglovchilarga qo‘yilgan
talab darajasiga nisbatan «yaxshi» deb baholanishi mumkin. Lekin uning
bu bilimlari tergov bo‘limining boshlig‘iga qo‘yiladigan talablar
darajasida bo‘la olmaydi. Aynan shu nisbat nazarda tutilganda bizning
«IIV tinglovchisi Salimov jinoyat kodeksini yaxshi bilmaydi» degan
fikrimiz ham xato bo‘lmaydi.
Nozidlik qonuni mantiqiy tafakkurning muhim jihatlarini ifodalovchi
tafakkur jarayonidagi ziddiyatsizlik va izchillikni ifodalaydi. Tergovchi
jinoyatni ochish uchun muayyan bir taxminni o‘rtaga tashlasa va uni
haqiqatga yaqin deb hisoblab, unga zid keluvchi fakt va dalillarni hisobga
olmasa, u albatta xatoga yo‘l qo‘yadi. Shuning uchun ham huquq
muhofazasi, sud va tergov amaliyotida ayblanuvchi, jabrlanuvchi hamda
guvohning ko‘rsatmalarida uchraydigan mantiqiy ziddiyatlarni ochish va
bartaraf qilishda nozidlik qonunini bilish katta amaliy ahamiyatga ega.
Chunonchi, sud hukmida bayon qilingan xulosalar jiddiy ziddiyatlarga ega
bo‘lsa, u holda hukm O‘zbekiston Respublikasi JPK 486-moddasiga
binoan mazkur jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq kelmagan deb
topiladi va qayta ko‘rib chiqish uchun undan yuqori turuvchi Sud
organlariga yuborilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: