Yetarlicha asos qonuni yuqorida ko‘rib o‘tilgan mantiqiy qonunlarga
so‘zsiz amal qilishni nazarda tutadi hamda fikr, mulohaza va
muhokamaning chinligini chinligi isbotlangan boshqa fikrlarning
yordamida asoslab berilishini talab etadi. Agar «a» hukmning chinligidan
«v» hukmning chinligi kelib chiqsa, unda «a» – «v» uchun asos bo‘lib,
«v» – «a» asosning natijasidir.
Asos va natijaning aloqasi implikatsiya belgisi orqali ifodalanib, a
→v, ya’ni a – asos, v – natija shaklida bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda,
«Agar «v» mavjud bo‘lsa, uning asosi «a» ham mavjuddir». Masalan:
qishda sodir bo‘ladigan ko‘pgina avariyalarni keltirib chiqaruvchi
avtotransport harakatlarining yo‘nalishidagi keskin o‘zgarishlarning sodir
bo‘lishini yo‘llarning muzlashi bilan asoslash mumkin.
Yetarlicha asos qonunining yuridik amaliyotdagi ahamiyati, eng
avvalo, har bir qonunbuzarlik bo‘yicha qabul qilingan qarorning albatta
o‘z asosiga ega bo‘lishi shartligini talab qilishda namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: