O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

4. Uchinchisi istisno qonuni 
Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunining davomi bo‘lib, fikrning 
to‘liq mazmunini qamrab oluvchi ikki zid hukmdan biri chin, ikkinchisi 
42


yolg‘on, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi. Nozidlik qonuni 
qarama-qarshi va o‘zaro zid munosabatdagi hukmlarda amal qilib, birining 
albatta yolg‘on ekanligini bildiradi. Ikkinchi hukm haqidagi fikr esa ochiq 
qoladi, ya’ni u ham, chin ham yolg‘on bo‘lishi mumkin.
Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidan farqli ravishda faqat 
o‘zaro zid munosabatdagi hukmlarda amal qiladi va «A – A yoki A emas» 
formulasida ifodalanadi. Mazkur qonunning harfiy ifodasi «A \/ Ā», ya’ni 
«A yoki Ā emas», deb ham o‘qiladi. Bu yerda A – har qanday hukm, Ā – 
uning inkori, V–dizyunksiya belgisi bo‘lib, mantiqiy bog‘lovchi «yoki» ni 
ifodalaydi. Nozidlik qonuni singari uchinchisi istisno qonuni ham fikrlash 
jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni, izchillikni ifodalaydi. 
Ma’lumki, zid munosabatlardagi hukmlarning birida muayyan 
ko‘plikdagi narsa yoxud hodisa tasdiqlansa (yoki inkor etilsa), boshqa 
birida mazkur ko‘plikning ayrim qismigina inkor (yoki tasdiq) etiladi. Bu 
hukmlar bir vaqtda ham chin ham yolg‘on bo‘la olmaydi, agar ulardan biri 
chin bo‘lsa, ikkinchisi yolg‘on va aksincha, biri yolg‘on bo‘lsa, ikkinchisi 
chin bo‘ladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 25-moddasida 
ta’kidlanganidek, «O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi erkinlik 
va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega», degan hukm chin bo‘lsa, 
«O‘zbekiston Respublikasining ba’zi bir fuqarolari erkinlik va shaxsiy 
daxlsizlik huquqiga ega emas», degan hukm yolg‘on. Shuningdek, zid 
munosabatlar bir-birini inkor etuvchi (birida tasdiqlansa, ikkinchisida 
inkor etuvchi) ikki hukm o‘rtasida ham namoyon bo‘lishi mumkin. 
Bunday holda hukmlarning biri albatta chin, ikkinchisi yolg‘on bo‘ladi. 
Masalan, «Muassasa xizmatchisi Salimov ma’muriy javobgarlikka 
tortilgan» va «Muassasa xizmatchisi Salimov ma’muriy javobgarlikka 
tortilmagan». Mazkur misolda Salimovning ma’muriy javobgarlikka 
tortilganligi haqidagi hukm chin bo‘lsa, u holda uni inkor etuvchi hukm 
yolg‘on bo‘lib chiqadi. 
Demak, uchinchisi istisno qonuniga asosan ikki zid hukm nafaqat bir 
vaqtda chin bo‘la olmaydi (nozidlik qonunida ifodalanganidek), balki bir 
vaqtning o‘zida yolg‘on ham bo‘la olmas ekan. Ya’ni hukmlarning biri 
yolg‘on bo‘lganda, ikkinchisi muqarrar ravishda chin bo‘ladi, uchinchi 
yechimga o‘rin qolmaydi. Uchinchisi istisno qonuni masalaning qat’iy 
yechimi talab etiladigan yuridik amaliyotda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Huquqshunos xulosasida masalaning oraliq yoki mavhum yechimi 
bo‘lmaydi, ya’ni ayblanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi aniqlanishi 
zarur. 
43


Zid hukmlarning birida qaysidir belgi tasdiqlansa, boshqasida xuddi 
shu belgi inkor etiladi. Bu hukmlar bir vaqtning o‘zida ham chin, ham 
yolg‘on bo‘lishi mumkin emas, biri chin bo‘lsa, ikkinchisi yolg‘on. 
Masalan, «O‘zbekistonning har bir fuqarosi bilim olish huquqiga ega» 
(chin), «Ba’zi O‘zbekiston fuqarolari bilim olish huquqiga ega emas» 
(yolg‘on). 
Uchinchisi istisno qonuni muayyan bir masala qo‘yilganda «ha» yoki 
«yo‘q» degan aniq javobni talab etib, qandaydir oraliq, amaliyotda 
yechilishi mumkin yoki mavjud bo‘lmagan javoblarni inkor etadi. Shu 
bilan birga, uchinchisi istisno qonuni berilgan hukmlarning qaysi biri chin 
ekanligini belgilamaydi. 
Chunki hukmning chinligi, ya’ni voqelikka mos kelish-kelmasligi 
amaliyotda aniqlanadi. Qonunning ahamiyati haqiqatni topishga yo‘nalish 
berishidadir. Masalaning yechimi ikki xil bo‘lishi mumkin, faqat ulardan 
biri chin bo‘lishi zarur. Bu qonun masalaning aniq yechimini talab 
etadigan huquqiy amaliyot uchun juda ahamiyatlidir. Huquqshunos ishni 
albatta «yoki – yoki» ifodasi orqali, ya’ni yo aybdor, yo aybdor emas 
shaklida yechishi lozim. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin