Arastuning mantiqqa oid sakkizta kitobi to‘laligicha yetib boradi. Shu
o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, Markaziy Osiyo, umuman, Yaqin va O‘rta
Sharq mutafakkirlari Arastuning kitoblarini nafaqat tarjima qilishgan,
balki ularni ijodiy boyitib, tarixda «arab mantig‘i» deb nom olgan
o‘zgacha mantiqiy tizimni yaratishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mantiq ilmining keyingi rivojida Eronlik qomusiy olim Abu Bakr
Muhammad Zakariyo ar-Roziyning ham xizmatlari katta. Aslida, ar-Roziy
haqida gapirilganda, eng avvalo, u tibbiyotshunos olim sifatida
tavsiflanadi. Chunki ar-Roziy nafaqat matematika, falsafa, mantiq va
ilohiyot masalalari bilan shug‘ullangan, balki ko‘proq tibbiyot sohasi bilan
shug‘ullangan bo‘lib, o‘sha davrning tibbiyotshunosligi uchun qomusiy
kitob sifatida tan olingan «Tabobat sohasidagi hamma narsani o‘z ichiga
oluvchi kitob» deb atalgan asarning muallifidir.
Bundan tashqari, ar-Roziy Rey va Bag‘dod shaharlarida yirik
kasalxonalarni tashkil etish hamda boshqarish bilan ham jiddiy
shug‘ullangan. Shuning uchun ilmiy jamoatchilikda ar-Roziyni ko‘proq
tabiiy-ilmiy, qolaversa, falsafiy tafakkur taraqqiyotiga katta ta’sir
ko‘rsatgan olim sifatida bilishadi. Lekin bu bilan ar-Roziyning mantiq
ilmini rivojlantirishda, ayniqsa, Arastuning mantig‘ini o‘z asarlari orqali
targ‘ibot qilishdagi xizmatlariga yetarlicha baho bermaslik mumkin emas.
Jumladan, ar-Roziy mantiqqa oid «Kitob al-Isaguvchi», «Arastu
kategoriyalarining tahlili va ahamiyati», «Arastu birinchi analitikasining
ahamiyatini tahlil qilish haqida kitob», «Aql tarozisi haqida kitob» kabi
asarlarni yaratgan
10
. Ar-Roziy bu asarlarida Arastuning mantig‘ini
targ‘ibot qilish qoida-tamoyillarini o‘rganish kabi masalalar borasida o‘z
fikr va mulohazalarini yozib qoldirgan.
Mantiq ilmining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan mashhur
olimlardan yana biri Abu Yusuf al-Kindiy hisoblanadi. Uning asarlari
jumlasiga «Kitob al-Madxal al-Mantiq» («Mantiqqa kirish»), «Kitob al-
Madxal al-muxtasar» («Qisqacha kirish») «Kitob al-Maqulot» («Besh
kategoriya haqida»), «Kitob fi al-Burxon» («Ilmiy isbotlar haqida kitob»)
va «Birinchi falsafa haqida» kitoblarini kiritishimiz mumkin. Al-Kindiy
o‘z asarlarida Arastuning mantig‘iga katta baho berib, mantiq ilmi olamni
bilishning dastlabki bosqichi ekanligini va uning asosida boshqa
bilimlarning shakllanishini ko‘rsatib o‘tadi.
10
Dostları ilə paylaş: