O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Sun’iy til tabiiy til asosida paydo bo‘lgan yordamchi belgilar 
tizimidan iborat bo‘lib, ilm va boshqa jarayonlar haqida berilgan 
axborotlarda ishlatiladi. Belgi asosida alfavitlar tuziladi. Ular aniq ma’noli 
mantiqiy axborot jarayonlarini ifodalaydi. Gap shundaki, voqealarning 
formal modeli yaratilganida fikrda uning eng umumiy xossasi aks etib, 
nomuhim tomonlari soqit qilinadi. Formal ifoda esa, aniqligi bilan ajralib 
tursa-da, biroq, konkret mazmundan uzoqlashadi, ya’ni mavhumlashadi. 
Mana shu hollarda tabiiy til tizimidan yoki qo‘llanib kelgan sun’iy til 
belgilaridan foydalaniladi. Hozirgi zamonda sun’iy til turli fanlarda, 
13


jumladan, matematika, ximiya, kibernetika, hisoblash texnikasi va boshqa 
sohalarda keng qo‘llanilmoqda. 
Zamonaviy mantiq ilmi ham sun’iy til yordamida fikrlashning qonun 
va shakllarini nazariy tahlil qilmoqda. Shuning uchun ham u «simvolik 
mantiq» deb yuritiladi. 
Endi belgilarning o‘zi nima va ularning mantiq uchun ahamiyati 
qanday, degan savolga javob berish kerak.
Belgi bu moddiy predmetning (hodisa yoki ish-harakatning) hissiy 
idrok qilinishi bo‘lib, boshqa predmetning xossasi yoki munosabati 
to‘g‘risida axborot beradi. Ular ikkiga bo‘linadi, ya’ni nutqiy belgilar va 
nutq bilan ifodalanmaydigan belgilar. 
Nutq bilan ifodalanmaydigan belgilarga quyidagilarni kiritish 
mumkin:
nusxa belgisi, masalan, fotosurat, barmoq izlari va h. k.; 
xossa belgisi, masalan, tutun – olovning xossasi, haroratning oshishi – 
kasallik belgisi va h. k.; 
signal belgisi, masalan, qo‘ng‘iroq – darsning boshlanishi yoki tamom 
bo‘lishi belgisi; 
ramziy belgilar, masalan, yo‘l-harakat belgilari va boshqalar.
Belgilarning ikkinchi turi nutqiy belgilardir. Ular insonlar o‘rtasida 
aloqa vositasini ta’minlaydi. Nutqiy belgilarning vazifasi predmetlarning 
nomini ifodalash. Predmetlarni ifodalash uchun «nom» (ot) tushunchasi 
ishlatiladi. 
Nom (ot) – predmetni ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi. «Predmet» 
deganda narsalar va ularning belgilari, xossalari, munosabati hamda 
jarayon va hodisalar tushuniladi. Predmetlar doimiy o‘zgarib tursa-da, 
ularning sifatiy barqarorligi nomda ifodalanadi. Nomlar oddiy («Alisher 
Navoiy», «kitob») va murakkab («O‘zbekistondagi eng katta daryo») 
bo‘ladi. Oddiy nom bo‘laklarga ega emas, murakkabi esa bo‘laklardan 
tashkil topadi.
Atoqli otlar kishilar, predmet va hodisalarning nomini bildirsa («Al-
Xorazmiy», «Orol dengizi»), turdosh otlar turkum predmetlarni ifodalaydi 
(masalan, «kitob», «yulduz»). Har qanday nom ma’no va mazmunga ega. 
Tafakkurning mantiqiy shaklini o‘rganishda mantiq kategoriyalari 
qam muhim o‘rin tutadi. Semantik kategoriyalar til ifodalarining 
sinflaridan iborat bo‘lib, ular bir-biridan qanday obyektlarni aks ettirishi 
bilan farq qiladilar. Shunga ko‘ra, mantiq ilmida quyidagi semantik 
kategoriyalar mavjud: gap, deskreptiv va mantiqiy terminlar.
14


Gap o‘z navbatida, darak, so‘roq va undov gaplarga bo‘linadi. Gap 
xabar, savol, hukm va normani /buyruq/ ifodalashi mumkin. Hukmni 
ifodalovchi gap predmetga xossa yoki munosabatning xosligini tasdiqlaydi 
va u darak gapdan iborat bo‘ladi.
Gapda predmetlarni va ularning xossalarini aks ettiruvchi ifodalar 
«deskreptiv terminlar» deyiladi. Deskreptiv terminlar, o‘z navbatida, 
predmetning nomlari, funksional belgilar va predikatlar (narsalarning 
xossa va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar)ga bo‘linadi. 
Predmetlarning nomlari alohida so‘z yoki so‘z birikmalaridan iborat 
bo‘lib, ular moddiy (avtotransport, to‘pponcha, elektromagnit to‘lqinlari 
va h. k.) hamda mavhum (iroda, muomala layoqati, xayol) predmetlarni 
ifodalaydi. Predmetning nomi belgidan iborat bo‘lganligi uchun o‘z 
mazmuni va ma’nosiga ega. Nomning mazmuni predmetni ifodalaydi va 
mantiqda «denotat» deb ataladi. Nomning ma’nosi esa predmetning 
muhim, umumiy belgilarini ifodalaydi va «konsept» deb ataladi. Masalan, 
«4» belgisi bilan «2+2», «6-2» bir ma’noga, biroq turli xil mazmunga ega. 
Yoki boshqa misolni olaylik. «Xamsa»ning muallifi, «O‘zbek klassik 
adabiyotining asoschisi» kabi birikmalarda ma’no bitta bo‘lib, gap Alisher 
Navoiy haqida bormoqda. Shuningdek, nomlar yakka («General Sobir 
Rahimov») yoki umumiy («general») bo‘lishi mumkin. Bunda yakka nom 
bitta predmetni, umumiy nom esa predmetlar turkumini aks ettiradi. 
Funksional belgilar buyumlarning muayyan (bajaradigan vazifasiga 
ko‘ra) ahamiyatini ifodalaydi. Mazkur belgilarga matematikadagi «+», «–
», «x (u)», «sin», «log» kabi maxsus belgilar hamda tabiiy tildagi «hajm», 
«og‘irlik», «bo‘y», «masofa», «rang» kabi belgilar kiradi.
Bundan tashqari, tilda mantiqiy, ya’ni predikativ terminlar ham 
uchraydi, ularni quyida ko‘rib chiqamiz. Predikatlar predmet va uning 
belgisi o‘rtasidagi munosabatni tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikrning 
tildagi ifodasidir. Ular gapda asosan kesim o‘rnida keladi (ish boshlamoq, 
katta bo‘lmoq, tabriklamoq, sevmoq va h. k.). Predikatlar predmetga 
tegishli belgini ko‘rsatsa, bir o‘rinli (paxta oqdir), ikki predmetning o‘zaro 
munosabatini ko‘rsatsa, ko‘p o‘rinli predikat deb ataladi (Vali Salimaga 
gul sovg‘a qildi). 
Mantiqning formallashtirilgan tilini yaratishda semantik 
kategoriyalarni muayyan belgilarda aks ettirish lozim bo‘ladi. Ana shu 
belgilar mantiqning alifbosini tashkil qiladi. Ularni, o‘z navbatida, 
predikat mantig‘i tili va mulohazalar mantig‘i tilining simvollarida 
mulohazalar mantig‘ida ifodalash mumkin.
 
Tilning predikatlar mantig‘ida qo‘llaniladigan belgilari: 
15


a, b, c…. – yakka atoqli yoki tavsifiy predmetlarning nomi 
ifodalangan belgilar, ya’ni «mantiqiy o‘zgarmas» belgi. U «konstant» deb 
ataladi . 
x, u, …. – predmetlarning umumiy nomini ifodalovchi belgilar, ular 
«mantiqiy o‘zgaruvchilar» deb ataladi. 
P
1
, Q
1
, R
1
, P
2
, Q
2
, R
2
, ….P
n
, Q
n
, R
n
, … – predikatlarni ifodalovchi 
belgilar. Indekslar predikatlarning o‘rnini, ya’ni 1-bir o‘rinli, 2-ikki o‘rinli, 
n-ko‘p o‘rinliligini ko‘rsatadi.

– fikrlarning miqdoriy tavsifini ifodalovchi belgilar. Ular 
«kvantor» deb ataladi ( – umumiylik kvantori «hamma», «har qanday», 
«hamma vaqt» kabi so‘zlarda ifodalansa, – mavjudlik kvantori 
«bo‘ladi», «ba’zida uchraydi» , «mavjud» kabilarda ifodalanadi). 
P, q, r…. – propozitsional o‘zgaruvchanliklar hukmini ifodalovchi 
belgilar. 
Mulohaza mantig‘ining belgilari: 
/\ – konyunksiya (birlashtiruvchi) – (a /\ v) – «va», «ham», «hamda»; 
\/ – dizyunksiya (ayiruvchi) – (a \/ v) – «yoki», «yo», «yoxud»; 
→ – implikatsiya (shartli) – (a → v) – «agar… , u holda…»; 
≡ – ekvivalent (tenglik) – ( a ≡ v ) – «faqat va faqat shundaki…» 
– inkor, ya’ni « » yoki «ā», har ikkala holda ham «a» emas degani. 
Mazkur ramziy belgilarga izoh berib, shuni aytish mumkinki, agar 
predikatlar muhokama jarayonini hukmlarning ichki tuzilishi bilan bog‘liq 
jihatini o‘rganuvchi formallashgan mantiqiy tizim deb hisoblansa, 
mulohazalar mantig‘i hukmlarning ichki tuzilishini emas, balki ularning 
o‘zaro aloqasini tahlil qiladigan formallashgan mantiqiy tizim sifatida 
qabul qilinadi. 
Yuqorida keltirilgan sun’iy mantiqiy til yordamida shakllangan va 
formallashgan mantiqiy tizim tuzish mumkin. Ular yordamida tabiiy fan
xususan, huquqiy tilning barcha sohalari bo‘yicha formallashtirilgan 
(rasmiylashtirilgan, qonunlashtirilgan) tizim yaratish mumkin.

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin