O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

3. Tilning mantiqiy tahlili 
Tafakkur til bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, til fikrlarimizni bevosita 
ifoda etadigan va kishilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan 
axborot belgilari tizimidan iborat. 
Mantiq ilmining vazifasi tafakkurning shakl va qonunlarini 
o‘rganishdan iborat. Tafakkurning shakl va qonunlari esa tilda ifodalanadi. 
Til bilan tafakkur dialektik birlikdadir. Har qanday fikr tilda ifodalanadi, 
til esa, o‘z navbatida, fikrga ta’sir etib, uni shakllantiradi va kengaytiradi. 
Til bilan tafakkur o‘zaro aloqada shakllanadi, rivojlanadi hamda namoyon 
bo‘ladi. Til tafakkur bilan uzviy bog‘langanligi uchun ham mantiq fani 
tilni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Til tufayli inson tashqi olam ko‘rinishining chuqur bog‘lanishlarini 
oydinlashtiradi va pirovardida mavhum tafakkurning eng oddiy shakllari 
bo‘lmish tushunchalar yuzaga keladi. Shu yo‘sinda til tafakkurda 
ifodalangan bilimlarni moddiylashtira boradi va tuzulmalari orqali olamni 
bilishga vosita bo‘ladi. Biroq mantiq fani tilning kelib chiqishi rivojlanishi 
va ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rnini o‘rganmaydi. Aksincha u tafakkur 
shakllari qay tariqa til bilan birikib, yangi-yangi bilimlar ko‘rinishida 
namoyon bo‘lishi yoki tafakkur o‘zining qaysi vazifalarini tilning 
zimmasiga yuklashi mumkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni yoritib 
beradi.
Boshqacha aytganda, mantiq fani o‘rganadigan til barcha turdagi 
belgili axborot tizimi bo‘lib, uning vazifasi axborotni (bilimlarni) qabul 
qilish, saqlash, to‘plash va o‘zgalarga yetkazib berishdan iborat. 
Tilning belgi tizimi nazariyasini o‘rganuvchi fan «semiotika» deb 
ataladi. U tilni uch nuqtai nazardan tahlil qiladi: sintaksis, semantika va 
pragmatika.
12


Sintaksis («syntaxis» – qurilma, tartib) – semiotikaning muhim bir 
tarmog‘i bo‘lib, tilning tuzilishi, turli belgilar o‘rtasidagi aloqasi hamda 
shakllanish usullarini o‘rganadi. Sintaktik aloqa tufayli mantiqiy 
munosabat grammatik jihatdan shakllanadi. Masalan: «Ob-havo o‘zgardi». 
«Bu xastalikka ta’sir qiladi». «Shu sababli kasallar o‘zlariga nisbatan 
e’tiborni kuchaytiradilar», deb gaplarni o‘zaro bog‘lasak, unda mantiqiy 
munosabatlar bilan birga sintaktik aloqa vujudga keladi. Sintaktik aloqa 
tufayli gap yangi sifatga, yangi tuzilishga ega bo‘ladi. Misolimizdagi 
uchta sodda gapdan bitta qo‘shma gap hosil bo‘ldi. 
Semantika (yunoncha «semantikos» – ifodalovchi) – til belgilari bilan 
unda ifodalangan obyekt o‘rtasidagi munosabatni tahlil qiladi, boshqacha 
aytganda, belgilarning ma’nosini talqin qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi 
zamon fanida adabiy til va jonli so‘zlashuv tili semantikasi bilan birga 
sun’iy til semantikasini tahlil qilish muammosi ham mavjud. Mantiq 
fanida ana shu masalalarga alohida e’tibor beriladi. 
Pragmatika (yunoncha «praktikus» – ish, harakat) – kishilarning 
belgilarga munosabatini o‘rganadi. Bunda belgilar yordamida odamlar 
o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar tahlil qilinadi. 
Odatda til tabiiy va sun’iy tillarga bo‘linadi. Tabiiy yoki milliy til 
kishilarning tarixiy birligi asosida paydo bo‘ladigan jonli so‘zlashuvlarida, 
keyinchalik grafik yozuvlarida ifodalanadi. Bu esa belgi-axborot tizimini 
tashkil qilib, u kishilar o‘rtasida aloqa qilish vazifasini bajaradi. Til orqali 
kishilar bir-birlariga axborot beradilar, tajriba almashadilar hamda ularni 
to‘plab keyingi avlodlarga qoldiradilar. 
Tabiiy til o‘zining ichki rivojlanish qonuniga ega bo‘lib, rang-barang 
ifodalanish, hayotni turli tomonlardan qamrab olish xususiyatlariga ega. U 
o‘zining so‘z tarkibi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilishi bilan boshqa 
tillardan farq qiladi. Til – ma’naviy faoliyatning natijasi bo‘lsa, belgi 
axborot sintezidan iborat. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin